Breaking News

Afg'oniston ocharchilik yoqasida turibdi


Afg’oniston o’tkir oziq-ovqat kamomadi bilan yuzlashmoqda. Qish yaqinlashar ekan, mamlakatning ayrim hududlari qalin qor bilan qoplanib, ta’minot yo’llari izdan chiqadi. Xalqaro tashkilotlar ochlikka yuz tutishi kutilayotgan salkam 23 million odamga yordam berishga harakat qilyapti.

Xalqaro hayot – 26-oktabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:07 0:00

“Mana bu bolalarning otasi ishlaganida har biriga kuniga ikki marta bir shisha sut berardik. Hozir esa bir shisha sutni ikkisiga bir kunga yetkazish kerak”, - deydi Sima ismli kobullik ayol.

Oilada har bir odam – ota, ona, o’g’il va qiz ishidan ayrildi. Daromad yo’q, demak yegulik ham.

“Oxirgi marta uch hafta oldin taom pishirganman. Hozir faqat quruq non yeymiz. Nonni kunduzi esak, oqshom och o’tiramiz. Kechda yesak, nonushtasiz qolamiz”, - deydi ayol.

40 yillik urush Afg’oniston iqtisodiyotini qaqshatdi. Davlat byudjetining salkam to’rtdan uch qismi xorijdan moliyalanardi. Tolibon hokimiyatni qo’lga olishi bilan yordam puli to’xtadi. Qo’shma Shtatlar salkam 10 milliard dollarni muzlatdi.

BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi yegulik tarqatmoqda, ammo zaxira kam.

“Oziq-ovqat uchun 100 million dollar oldik, ammo bu yetmaydi. Qishgacha yana 100 million dollar kerak, yangi yilgacha esa qo’shimcha 300 million dollar”, - deydi tashkilotning Afg’onistondagi vakili Meri-Ellen Makgroarti.

COVID-19 pandemiyasi va so’nggi 4 yilda ikkinchi qurg’oqchilik vaziyatni yanada o’girlashtirgan. Ko’p odamlar ishidan ayrildi, maoshlar oylab to’lanmayapti. Yuz minglab odam qurg’oqchilik va zo’ravonlik sabab uyini tark etgan.

“Kiyim-kechak, oziq-ovqatim bor edi, ammo qochishga majbur bo’ldim, o’zim bilan hech narsa ololmadim”, - deydi shundaylardan biri.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG