Breaking News

Afg’onistonlik san’atkor Abdul Manon Andhuiy bilan suhbat


Mumtoz musiqa kuychisi Abdul Manon Andhuiy bilan suhbat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:22:58 0:00

Afg’onistonlik san’atkor, mumtoz musiqa kuychisi Abdul Manon Andhuiy Faryob viloyatining Andhuy tamanida tug’ilgan. Dutor chalishni otasidan o’rgangan. O’zbekistonning Surxondaryo viloyatida olti oy davomida ta’lim olgan, malaka oshirgan.

U Juzjon universitetida o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishida tahsil olgan.

“Adabiyot va musiqa bir-biri bilan uzviy bog’liq”, - deydi Andhuiy.

Abdul Manon Andhuiy sakkiz nafar afg’onistonlik yoshlar bilan hamrohlikda Termizda tahsil olib, musiqa asboblarining to’qqiz turini o’rganganini aytadi.

“Iqtisodiy va xavfsizlik muammolari bois to’qqiz kishi bo’lib bir guruh tuza olmadik”, - deydi san’atkor.

Ohanglar uchun she’r tanlashda diqqatli bo’lish kerakligini ta’kidlarkan, suhbatdosh Zahiriddin Muhammad Bobur va Alisher Navoiy she’rlarini ko’proq ijro etayotganini aytadi.

“Charchab kelib, qo’limga dutor olib yoqtirgan qo’shiqlarni ijro etganimda charchoqlarim chiqadi. Qayg’ularim ketadi”, - deydi Abdul Manon Andhuiy.

Andhuiy Turkiya va O’zbekistondagi tadbirlarda qatnashgan.

“Musiqa orqali hammaga tanildim”, - deydi u.

Mumtoz musiqa yo’nalishi qiyin bo’lgani uchun dutor chalishni, mumtoz musiqani o’rganishni xohlayotganlar juda kam ekanini bildiradi.

“Agar imkon yaratilsa, bilganlarimni boshqalarga o’rgatishga tayyorman”, - deydi Manon Andhuiy.

San’atkorlarni qo’llab-quvvatlaydigan hech qanday tashkilot yo’q, deydi suhbatdosh.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG