Breaking News

Pokiston va Afg'oniston rahbarlari Parijda muloqot qildi


Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharif (chapda), Afg'oniston Prezidenti Ashraf G'ani (o'ngda va Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron, Parij, 30-noyabr, 2015-yil
Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharif (chapda), Afg'oniston Prezidenti Ashraf G'ani (o'ngda va Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron, Parij, 30-noyabr, 2015-yil

Pokiston va Afg'oniston rahbarlari kecha Parijda iqlim anjumanidan tashqarida uchrashib, Afg'onistonda Tolibon bilan to'xtab qolgan tinchlik muzokaralarini jonlantirish xususida gaplashgan.

Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharifning Afg'oniston Prezidenti Ashraf G'aniga aytishicha, uning mamlakati Afg'onistonni teng va suveren davlat deb biladi.

Kobul Islomobodni o'z strategik manfaatlarini ilgari surish maqsadida Tolibon bilan til biriktirib hamkorlik qilayotganlikda ayblab keladi.

Keyinroq ikki rahbar uchrashuviga Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron ham qo'shilgan. Sharif Pokistonda jangari guruhlarga qarshi kechayotgan harbiy amaliyot haqida ma'lumot bergan.

Afg'onistonning shu kungacha e'tirozi shunday ediki, Pokiston o'ziga dushman deb bilgan guruhlarni nishonga olib, Afg'onistonga dushman bo'lgan jangarilarga tegmas edi.

9-dekabr kuni Ashraf G'ani Islomobodga tashrif buyurishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG