Breaking News

Afg'onistonga harbiy yordam juda zarur, deydi Pentagon rahbari


Kobul
Kobul
Qo’shma Shtatlar Mudofaa vazirligi chiqargan hisobotda qayd etilishicha, Afg’oniston qurolli kuchlari bugun ancha oyoqqa turib olgan.

Xalqaro koalitsiya mamlakatni tark etish taraddudida ekan, NATO tayyorgarligidan o’tgan zobitlarning mahorati kundan-kunga mustahkamlanib bormoqda, deydi Pentagon rahbari Chak Xeygl.

Kongressda qonunchilar oldida gapirar ekan, mudofaa vaziri harbiy yordamni davom ettirish eng zarur vazifa bo’ladi dedi.

Amerika madad ko’rsatishga tayyor turadi, lekin mamlakat tinchligini ta’minlash butkul mahalliy kuchlar zimmasida bo’ladi, deydi Xeygl.

“Agar shuncha yillar davomida qilgan mehnatimiz, to'kilgan qon, sarflagan pulimiz zoye ketmasin desak, Afg’onistonga yetarlicha harbiy ko’mak ko’rsatishimiz shart”,- deydi u.

O’tgan bir yil ichida Afg’onistonda xavfsizlik xizmatchilariga hujumlar 12 foiz, yo’llardagi portlashlar esa 22 foizga kamaygan.

Boshqa tomondan esa mahalliy kuchlarga qarshi xurujlar 79 foizga oshgan, xorijiy zobitlarga nisbatan hujumlar esa 59 foizga kamaygan.
"Amerika Ovozi" xabarlari, 9-noyabr, 2013
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:34 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG