Xalqaro gumanitar tashkilot “Oxfam” Afg’oniston politsiyasiga ko’proq ayollarni jalb qilishga chaqirmoqda. Jamiyatda xotin-qizlarga qarshi jinoyatlarning oldini olish uchun zarur bu.
“Oxfam”ning bildirishicha, ayollarga qarshi zulm ko’lami bo’yicha Afg’oniston dunyoda birinchilardan. Oiladagi zug’um, majburlab erga berish, jinsiy zo’ravonlik va qizlarni oila sha’niga dog’ tushirganlikda ayblab o’ldirishga bu jamiyat ko’nikib ketgan. Sir emas, afg’on xotin-qizlari faqat ayol politsiyachi bilan gaplashishi mumkin.
Tashkilot hisobotiga ko’ra, oxirgi o’n yilda hukumat daldasi bilan politsiyada ayol xodimlar soni asta-sekin oshib borayapti.
Agentlik mutaxassisi Sharif Aziziy deydiki, Afg’onistonda 157 ming kishilik huquq-tartibot organlarida xotin-qizlar hamon faqat bir foizni tashkil etadi.
“Mamlakatda har 10 ming ayoldan faqat biri politsiyachi. Nuriston va Panjshir kabi viloyatlarda umuman ayol ofitserni topolmaysiz. Oilada kaltakdan boshi chiqmayotgan xotin-qizlar dardini hech kimga aytolmaydi bu viloyatlarda”, - deydi Aziziy.
Uning so’zlariga ko’ra, Afg’oniston milliy politsiyasiga qo’shilayotgan ayollarga oson emas. Safdoshlar va yaqinlar g’azabi, behurmat qilish, erkak hamkasblar bilan teng ko’rilmaslik kabi muammolardan o’tadi ular.
“Afg’on jamiyatida politsiyada xizmat qilayotgan ayollarni yomonga chiqarishadi. Buning ustiga, soha eng xatarli kasblardan biri. Shu bois ham xotin-qizlar tizimda ishlagisi kelmaydi, ishlolmaydi ham”, - deydi u.
Hisobotda aytilishicha, afg’on politsiyachi ayollari ko’p hollarda qisinib-qimtinib yashashga majbur: formalar yetishmaydi, malaka oshirish uchun mashqlar o’tkazilmaydi. Ba’zida ular tergov va hibsga olish jarayonlariga umuman jalb qilinmaydi.
“Oxfam” agentligi Afg’onistonda ayollar va qizlarning huquqlarini ta’minlash uchun ayol ofitserlarni ishga yollash nihoyatda muhim, deya eslatadi.
“Oxfam” hisobotiga javoban Afg’oniston Ichki ishlar vazirligi rasmiysi Sodiq Sodiqiy muammolar bor, deya tan oladi.
U ijtimoiy to’siqlarni, jamiyat ayollarni politsiyada xizmat qilishga ko’pam undamasligini qayd etadi.
Sodiqiyning aytishicha, rasmiy Kobul bu muammo ustida ishlashda davom etadi.