Afg’oniston xavfsizligini ta’minlash to’la-to’kis mahalliy kuchlar zimmasiga o’tdi. Bugun poytaxt Kobulda o’tgan maxsus marosimda prezident Hamid Karzay ishtirok etib, buni so’nggi 12 yildagi eng katta yutuq deb atadi. Shu kungacha ayrim joylarda xavfsizlikni xalqaro kuchlar ta’minlab kelayotgan edi.
Kobulga tashrif buyurgan NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussenning aytishicha, koalitsiya endi jangovar harakatlardan mahalliy kuchlarga madad ko’rsatish roliga o’tadi.
"Zarur bo’lsa, afg’on qo’shinlariga harbiy operatsiyalarda yordam berishda davom etamiz, ammo bu amaliyotlarni bundan keyin biz emas, ular rejalaydi, amalga oshiradi va yetakchilik qiladi. Bizning jangovar vazifamiz yakunlandi. Afg’oniston xavfsizligi endi butunlay afg’onlar qo’lida", - dedi NATO rahbari.
Karzay Qatarga vakillar yuborib, Tolibon bilan tinchlik muzokaralarini boshlashga kirishamiz, dedi.
"Shuni istardikki, muloqot Qatarda boshlanib, so’ng Afg’onistonga ko’chsin. Muzokara natijasida zo’ravonliklarga barham berilishiga umid qilamiz. Hech bir davlat bu muloqotdan o’z manfaatlari yo’lida foydalanmasligi kerak", - dedi Afg’oniston prezidenti.