Afg'oniston shimoliy viloyati Qunduzda bir kishi o'zini portlatib, 10 politsiyachini o'ldirgan. Ular orasida mahalliy razvedka boshlig'i ham bor.
Mototsikl mingan odam chorrahada, ichki ishlar xodimlari bu joyda to'planib turgan paytda, portlagan.
Hujumni biror tomon o'z bo'yniga olmagan, ammo rasmiylar bu Tolibonning ishi deydi. Oxirgi oylarda shimolda jangari harakatlari faollashgan. Hukumat hududga ko'proq harbiy safarbar etmoqda.
Kecha Afg'oniston sharqida bir mashina portlab, besh fuqaro halok bo'lgan edi. Aslida NATO kuchlari nishonga olingan, deydi tergovchilar. Tolibon bu xuruj ortida turganini bildirgan.