Breaking News

Afg'onistonda ayollar atayin nishonga olinmoqda


Afg’oniston Mustaqil inson huquqlari komissiyasiga ko’ra, mamlakatda ayollarga qarshi qotilliklar kuchaymoqda. Xususan, yanvar oyidan beri 14 ayol ataylab o’ldirilgan, 22 nafari jarohat olgan.

Afg'onistonda ayollar atayin nishonga olinmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:18 0:00

"Aslida qurbonlar soni bundan-da ko’p bo’lishi mumkin. 14 ayol maxsus nishonga olingan", - deydi komissiya so'zlovchisi Zabihulla Farhang.

Nishonga olinayotgan ayollar orasida jurnalistlar ham bor.

"Vaziyat oldingi yillarga qaraganda ancha yomonlashgan. 4-5 yil oldin viloyatlarga ish bilan qo’rqmasdan bemalol borib kelardim. Hozir esa hatto yonimdagi idoramizga borishga ham qo’rqaman", - fotomuxbir Maryam Farzami​.

1-aprel kuni mamlakat sharqidagi Jalolobod shahrida politsiyachi ayol o’q yeb kasalxonada jon bergan.

Bundan ikki kun oldin esa shaharda poliomiyelitdan emlash bilan shug’ullangan uch ayol o’ldirildi.

Afg’oniston hukumati hujumlarda Tolibon va unga hamkor guruhlarni ayblamoqda. Tolibon odatda bunday ayblovlarni inkor etadi.

"Hukumatdan aybdorlarni imkon qadar tez topib, jazoga tortishni talab qilamiz. Dushmanlarimiz ayollarni kamsitishni hayoliga keltirmasin ham", - parlament quyi palatasi deputati Shogofa Nurzay.

Mamlakatdagi zo’ravonliklarga qaramay, hukumat va Tolibon muzokara qilishda davom etmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG