Breaking News

Afg’oniston amerikalik muxbirga mamlakatni tark etishni buyurdi


Metyu Rozenberg
Metyu Rozenberg

Afg’oniston adliya vaziri “Nyu-York Tayms” gazetasi muxbiri Metyu Rozenbergni mamlakatdan haydashni buyurdi. U 24 soat ichida Afg’onistonni tark etishi kerak.

Prezident saylovlari natijasi noma’lum qolayotgan bir mahalda Rozenberg yuqori lavozimdagi afg’on rasmiylari hokimiyatni egallashga harakat qilayotgani haqida maqola yozgan edi.

Adliya vazirligidan Basir Azizning aytishicha, ushbu maqola davlat manfaatlari va xavfsizligiga zid.

“Janob Rozenberg ma’lumotni qayerdan olgani, buning orqasida kim turgani haqida bizga tushuntirish bersin. Afg’oniston xavfsizligiga raxna soluvchi bunday narsalar yozishga yo’l qo’ymaymiz”, - deydi u.

AQSh Davlat departamenti buyruqni qoralab, Afg’onistonda so’z erkinligi uchun zarba deya ta’riflamoqda. “Nyu-York Tayms” muxbiri Kobulga chaqirtirilib so’roq qilingan, ammo u Afg’oniston hukumatidagi anonim manbalarini oshkor etmayapti.

“Avvaliga meni mamlakatdan chiqishga qo’yishmadi, endi esa tark etasan deb talab qilishyapti. Buning ortida siyosiy sabablar borga o’xshaydi. Biz Afg’oniston qonunlariga amal qilayapmiz”, - deydi Metyu Rozenberg.

“Nyu-York Tayms” ning bildirishicha, shu yilning o’zida Afg’oniston hukumati tanqidiy maqolalari uchun gazetani to’rt marta sudga berishga dag’dag’a qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG