DOHA —
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Qatar poytaxti Dohada. Yaqin kunlarda bu yerda Amerika –Afg’oniston-Tolibon muzokaralari boshlanadi. Urushni yakunlash yo’lida qo’yilayotgan muhim qadam bu.
Lekin parda ortida muloqot allaqachon avjida. Bu hafta Tolibon Dohada o’z idorasini ochdi. Afg’oniston rahbari Hamid Karzay bundan norozi.
Muzokaralarda Afg’onistonning hozirgi va demokratik hukumati asosiy rol o’ynashi kerak, deydi u.
Tolibon rasman tan olinayotgani bilan tinchlikka erishish qiyin, deya qo’shadi Karzay.
Imorat eshigida Afg’oniston Islomiy Amirligi deb yozilgani chidab bo’lmas hol, deydi Kobul rasmiylari. Keyinroq bu yozuv Afg’on Toliboni siyosiy idorasi deb o’zgartirilgan.
Vashington demokratik hukumatni quvvatlashi sir emas, deydi Davlat departamenti vakili Jennifer Psaki. Obama ma’muriyati Karzay tomonda. Tolibon bilan murosaga erishishga harakat qilinmoqda, maqsad bu harakat vakillarini qurol tashlash va tinchlikka undash.