Breaking News

2016-yilning sakkiz oyida 15 ming afg'on harbiysi halok bo'lgan


Hilmand viloyati
Hilmand viloyati

Joriy yilning sakkiz oyida, ya'ni yanvar-avgust mobaynida Afg'oniston bo'ylab turli amaliyotlarda va xurujlarda 15 ming zobit o'lgan. AQSh hukumati shunday ma'lumot bermoqda.

Hukumat bu vaqt ichida 2,2 foiz yerni Tolibonga boy bergan.

“Afg'onistondagi 407 tumandan 258 tasi davlat nazorati ostida. 33 tuman jangarilarning qo'lida. 116 tasida esa kim hukmron ekani mavhum",- deyiladi hisobotda.

1-yanvardan 19-avgustgacha 101 xuruj sodir etilgan. Zobitlar 257 fuqaroni o'ldirgan, 125 nafarini yaralagan.

Afg'oniston xavfsizlik kuchlari Amerika yordamisiz harakat qilishga qiynaladi va ko'plab xatolarga yo'l qo'yib kelmoqda, deydi rasmiylar.

Bu oy Tolibon Qunduz shahri uchun kurashni kuchaytirdi. Hilmand viloyati markazi bo'lmish bu g'osha hamon jang maydoni.

BMT hisobiga ko'ra, 2016-yil boshidan beri 8000 fuqaro o'lgan.

AQSh afg'on xotin-qizlarining manfaatlarini himoya qilish uchun bu yili 1 milliard dollar ajratgan. Lekin bu jabhada ham vaziyat og'irlashgan.

Tolibon hokimiyatdan ag'darilganidan 15 yil o'tib ham Afg'oniston xotin-qizlar uchun eng azob-uqubatli mamlakat, deydi tahlilchilar.

Qashshoqlik, ishsizlik, zo'ravonlijk, notinchlik va ta'lim sohasidagi tub muammolar sabab jamiyat oldinga siljiy olmayapti. Yutuqlar ham talay. Lekin davlatga ishonch past va xalq na hukumat va na xususiy sektorga madad manbai sifatida qaraydi.

Bu yili 85000 afg'on Yevropa Ittifoqidan boshpana so'ragan. O'tgan yilgidan 85 foiz ko'p.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG