Breaking News

Afg'oniston mustaqilligining 97 yilligi nishonlanmoqda


Afg'oniston mustaqilligining 97 yilligini nishonlamoqda. Kobulda o'tgan asosiy bayram tadbirlarida Prezident Ashraf G'ani va Bosh ijrochi Abdulla Abdulla ishtirok etdi.

Ayni paytda mamlakatda xavfsizlik bo'yicha vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Afg'onistondagi NATO va AQSh kuchlari qo'mondoni Jon Nikolson mamlakat yetakchilarini siyosiy tafovutlarning birlikka darz yetkazishiga yo'l qo'ymaslikka chaqirdi. Prezident G'ani va Abdulla o'rtasida so'nggi paytlarda siyosiy ziddiyat yanada kuchaygani xabar qilinmoqda.

Ayni paytda mamlakatning boshqa viloyatlarida ham mustaqillik munosabati bilan bayram tadbirlari o'tkazilmoqda. Quyida Juzjon viloyatida o'tkazilgan bayram kechasida olingan suratlarni e'tiboringizga havola qilamiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG