Breaking News

Tolibondan qochayotgan ayrım afg'onlar Turkiyaga bormoqda


Afghan refugees
Afghan refugees

Turkiyaga yaqinda borgan afg’on qochqinlari Tolibondan qochganini da’vo qilmoqda.

Tolibondan qochayotgan ayrım afg'onlar Turkiyaga bormoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:02 0:00

Shakiba ismli ayol o’tgan hafta oxirida Turkiya sharqidagi Van shahriga borganlardan.

“Tolibon bizni vahimaga soladi. Ular bilan o’zingizni bemalol his qila olmaysiz. Yuzingizni to’liq yopishingiz kerak bo’ladi. Yosh qizlarni Pokistonga olib ketishmoqda. Shundan qo’rqib, bu yerga qochdik. Hayotimiz xavf ostida bo’lmaganida uyimizni tashlab, ochlik, tashnalikda uzoq yo’lga chiqmagan bo’lardik”, - deydi u.

Qochqinlar bir necha kun yo’l yurib, Afg’onistondan Eronga, Erondan esa Turkiyaga o’tdi. Yo’lning katta qismini jazirama issiqda yayov yurishdi.

Toliblar zo’ravonliklari Afg’onistonda hayotni og’irlashtirdi, deydi ular.

“Afg’onistonda yashab bo’lmay qoldi. Bunga yana qancha chidash kerak? Ko’p yoshlar mamlakatdan ketyapti. Topgan pulingiz oziq-ovqatga yetmaydi. Kunu tun otishma”, - deydi Hasibulla ismli afg’on.

Qochqinlar oqimini cheklash maqsadida Turkiya Eron bilan 295 kilometrlik chegarada beton devor qura boshladi, hududga qo’shimcha harbiy safarbar etyapti. Turk rasmiylari devorning yarmidan ko’pi qurib bitkazilganini aytadi.

Ko’p afg’onlar Turkiyaga yetib olganidan so’ng ham o’zini xavfsiz his qilmaydi.

“Bu yerda ham qo’rqib yuribmiz, chunki deportatsiya qilishlari mumkin. Bemalol borib ishlay olmaysiz. Nima ish bo’lsa ham qilishga tayyormiz. Farroshlikmi, girgittonlikmi, dalada ishlashmi. Ishlamasak, birimiz ikki bo’lmaydi”, - deydi Hasibulla.

Turk rasmiylarining bildirishicha, mamlakatda 120 ming afg’on qochqini va 300 ming hujjatsiz afg’on migranti bor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG