Breaking News

Erondagi afg'on qochqinlari yurtiga qaytishga majbur


Eron-Afghoniston chegarasi
Eron-Afghoniston chegarasi

AQSh Eron yadro dasturiga oid xalqaro bitimdan chiqib, Tehronga qarshi sanksiyalarni yangilagach, islomiy respublikaning usiz ham zaif iqtisodiyot yanada tushkunlikka tushdi. Bu esa qo’shni Afg’onistonga ham salbiy ta’sir qilmoqda.

Xalqaro hayot - 13-sentabr, 2018-yil - Erondagi afg'on qochqinlari yurtiga qaytishga majbur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:18 0:00

Eronda salkam uch million afg’on qochqinlari yashaydi, aksariyati hujjatsiz. Ko’plari mojarodan boshi chiqmayotgan yurtiga qaytishga majbur.

Ikki mamlakat chegarasi hozir odatdagidan gavjumroq. Ayniqsa AQSh Eron bilan yadro bitimini uzib, iqtisodiy sanksiyalarni tiklaganidan beri.

Bir dollar bir necha oy oldin Eronda 60 ming riyolga teng edi, ammo bugunga kelib qora bozorda 140 ming riyolga chiqib ketdi.

Eronda yashab ishlayotgan, topganini dollarga ayirboshlab, Afg’onistonga yuborayotgan afg’on oilalarining maoshlari va riyolda saqlangan omonatlari
keskin qadrsizlandi.

“Afg’onistonga qaytishga majbur bo’ldik. Puldan qiynalganimiz uchun Eronga borgandik, biznesimiz bor edi, ammo Eron puli qadrsizlanib, qisqa vaqt ichida 23 million riyol yo’qotdik, hatto Afg’onistonga qaytishga pulimiz ham qolmadi, bizni deportatsiya qilishdi”, - deydi Xalil Ahmad.

Inflyatsiya ko’tarilib, maoshlar tusharkan, Eronda yashayotgan afg’onlar chorasiz qolgan.

Aksariyati Afg’onistonga qaytishni istamaydi, chunki vatanda xavfsizlik bilan bog’liq vaziyat yomonlashgan. Ba’zi hujjatsiz afg’onlar iqtisodiy jihatdan barqarorroq hududlarga o’tishga harakat qilmoqda. Qo’lga tushganlar Afg’onistonga qaytarilyapti.

Erondan haydalayotgan afg’onlarning ko’pchiligi yosh erkaklar. Ba’zilari Yevropaga boraman deb, Eron-Turkiya chegarasida ushlanadi.

“Sakkiz oy oldin ishlash uchun Eronga bordim. Keyin meni ushlab, harbiy bazaga olib borishdi. So’ng avtobusga chiqarib, Haqi Safed degan joyga yuborishdi. Ovqat berishmasdi. Ancha qiynaldik”, - deydi Rahmat ismli afg’on.

Joriy yilda yarim milliondan ko’p hujjatsiz afg’onlar Erondan qaytgan, aksariyatini deportatsiya qilishgan.

“Qonuniy qochqinlar transport xarajatlarini qoplash uchun 200 dollar yoki undan ko’proq to’laymiz. Xalqaro migratsiya tashkiloti yo’qsil hujjatsiz afg’onlar, bolalar, nogironlar, yolg’iz ayollar yo’liga to’lab beradi”, - deydi BMTning qochqinlar bilan shug’ullanuvchi idorasidan Mo’bin Qodiriy.

Gumanitar tashkilotlarning shikoyat qilishicha, barchaga yordam berishga mablag’ yetarli emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG