Breaking News

Afrikada terror guruhlari dronlardan foydalanmoqdami?


So’nggi paytlarda Afrikada terror guruhlari o’z amaliyotlarida dronlardan keng foydalana boshlagan. Masalan, 2021-yilda al-Shabab dron yordamida Keniyada aeroportga hujum qilgan.

Xalqaro hayot - 29-avgust, 2024-yil - Afg'onistonlik ayollarning ayanchli taqdiri
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:02 0:00

BMT ekspertlari G’arbiy Afrikada al-Qoidaga aloqador “Jamoat nasr al-Islom val muslimin” hamda “Islomiy davlat-G’arbiy Afrika viloyati” terror guruhlari ham dronlar bilan Mali va Nigeriyada xurujlarni amalga oshirayotganini aytadi

“Dron ularga jang maydonini yaxshiroq ko’zdan kechirish, razvedka ma’lumotlarini to’plash, hujumlarini yaxshiroq rejalash va muvofiqlashtirish imkonini beradi”, - deydi BMTning qurolsizlanish tadqiqotlari institutidan Barbara More Figuyredo.

Mutaxassislarga ko’ra, jangarilar taktikasidagi o’zgarishlar ularga qarshi kurashayotgan armiyalar vazifasini qiyinlashtirmoqda.

Janubiy Afrikaning Pretoriya shahrida asoslangan Xavfsizlikni o’rganish institutining katta ilmiy maslahatchisi Karen Allen terror guruhlarining dronlardan foydalanishi mavzusida faol izlanadi.

“Bu o’tmishda muntazam armiyaga nisbatan imkoniyatlari cheklangan qurolli guruhlarga jiddiy psixologik ustunlik beradi. Imkoniyatlar endi tenglashdi – muntazam va nomuntazam kuchlar o’rtasida”, - deydi Allen.

Terror guruhlarining Afrikada drondan foydalanish dinamakasi aniq emas, ammo bunday holatlar Somali, Kongo Demokratik Respublikasi, Nigeriya va Mozambikda qayd etilgan.

Karen Allen buning oldini olish oson emasligini, dronlarni internetda osonlikcha xarid qilish mumkinligini aytadi.

“Uyali telefonni olaylik. Undan asosan aloqa vositasi sifatida foydalanish mumkin, bezarar maqsadda. Ammo shu bilan birga uni portlovchi moddani harakatga keltirishda ham ishlatsa bo’ladi. Dronlar ham shunday. Ikkita maqsadda qo’llash mumkin”, - deydi mutaxassis.

Uning aytishicha, Afrika davlatlari dronga qarshi salohiyatini oshirishi, bunga sarmoya qilishi kerak. Radio signallarni to’suvchi, dronlarni ishdan chiqaruvchi texnologiya, dronga qarshi lazer shular jumlasidan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG