Breaking News

Sun'iy intellekt sanoatlarda qanday yangiliklar qilmoqda?


Sun'iy intellekt sanoatlarda qanday yangiliklar qilmoqda?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:21 0:00

Aqlli texnologiyalar bugun nafaqat xonadonlarga kirib kelmoqda, balki butun boshli sanoatlarda o’zgarish yasamoqda. Sun’iy intellekt samaradorlik va aniqlikni oshirish potensialiga ega, deydi ekspertlar. Ammo xavotirlar ham yo’q emas.

Sun’iy intellekt sharofati bilan avtomobillar o’zini boshqarishni o’rganmoqda, mashinalar odamlarni yuzidan taniy oladi. Inson ovozidan foydalanuvchi “Apple Siri” kabi smartfon tizimlaridan ma’lumot so’rash yoki ular bilan gaplashish mumkin.

“Yaqinda foiz stavkalari haqida gaplashayotgan edim, Siri suhbatga qo’shilishga harakat qildi”, - deydi professor Erik Bronyolfson.

Sun’iy intellekt bilan jihozlangan zamonaviy mashinalar bugun nafaqat avtomatlashtirilgan vazifalarni bajaradi, balki murakkabroq ishlarni ham uddalay oladi. Masalan, shaxmat o’ynash yoki harbiy simulyatsiyalar. Ular inson nutqini ham tushunadi. Shuningdek, oyoq-qo’llaridan ayrilgan odamlar uchun ilg’or protezlar yasashda ham qo’llanmoqda. Bundan-da aqlliroq mashinalar paydo bo’ladi, deydi olim Artur Lupia.

“Bugungi ekzoskeletlar odamlarga katta hajmdagi yuklarni tashishga, qiyin vaziyatlardan chiqishga yordam beryapti. Ammo ishlayotgan loyiha boshqa maqsadni ko’zlaydi - tananing emas, aqlning ekzoskeletini yaratyapmiz”, - deydi u.

Sun’iy intellektning foydali jihatlari ayon, lekin jamoatchilikda savollar ham ko’p, deydi Kongress a’zosi Heyli Stivens.

“Sun’iy intellektga asoslangan robotlar odatiy holga aylanar ekan, quyidagi savollarga javob berishimiz kerak: robot bilan bir qatorda ishchilar xavfsizligini qanday ta’minlaymiz? Ishchilarni kuzatish uchun robotlardan foydalanish ham odatiy bo’lib qoladimi?”, - deydi qonunchi.

Ishchilar uchun eng muhim savol - aqlli mashinalar ularning ishini tortib oladimi? Ekspertlar fikricha, yangi texnologiyalar hamma ishni eplay oladi, deyishga hali erta.

“Bilim orttirish va tezlikda o’rganishga kelganda inson mashinaga bas kelolmaydi, lekin ko’plab boshqa kognitiv vazifalarda inson mashinadan o’zadi”, - deydi professor Bronyolfson.

Ish tabiati o’zgaradi, deydi u. Bu jarayonda biror ishchi orqada qolib ketmasligini ta’minlash lozim.

Mutaxassislarga ko’ra, bugun boshlang’ich maktabga qatnayotgan bolalarning yarmidan ko’pi hali mavjud bo’lmagan kasblarni egallaydi. Ta’lim sohasini isloh qilib, ijodkorlik va kommunikatsiya kabi mashinalar bajara olmaydigan ko’nikmalarga e’tiborni kuchaytirish lozim.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG