Suriyadan kelayotgan xabarlarga ko’ra, Halab xalqaro aerporti atrofida kechgan jangda bugun 50 dan oshiq odam o’lgan.
Halab "Aleppo" nomi bilan tanilgan. Aerportga tutash harbiy bazani isyonchilar egallab olgan edi, hukumat kuchlari bunga qarshi harakat boshlab, u yerni jangarilardan tozalamaguncha tinchimaymiz, deydi.
Kamida 30 isyonchi va 20 askar o’lgani aytiladi. 80-baza deya tanilgan bu harbiy inshoot Suriyadagi strategik obyektlardan biri.
Halab 2011-yilning mart oyida prezident Bashar al-Assadga qarshi qonli qo’zg’olon boshlanganidan beri eng notinch viloyatlardan biri bo’lib qolmoqda. O’n minglab fuqaroning yostig’i qurigan.
Shu kungacha butun Suriya bo'ylab qariyb 130 ming fuqaro halok bo'ldi. Bashar al-Assad prezidentlikdan ketmoqchi emas. Kelasi saylovlarda yana nomzodini qo'yib, lavozimda qolmoqchi.