Bundan 10 yil muqaddam, 2007-yilning 24-oktabr kuni Qirg’izistonning O’sh shahrida mahalliy “Siyosat” gazetasining muharriri, “Amerika Ovozi”ning yosh hamkori Alisher Soipov qotil o'qidan halok bo’lgan edi.
Iste’dodli, mehri daryo, jasur bu inson uni bilgan, bilmasa-da, u haqda eshitgan-uqqan ko’plab odamlar yodida qoldi.
Shu kunlarda u voyaga yetgan mahallada xotira tadbirlari bo’lib o’tmoqda.
Shu munosabat bilan Alisherning onasi Zaynabxon opa va uning yaqinda 10 yoshni qarshi olgan qizalog’i Zulayhoni suhbatga tortdik.
Xotira tadbirlari davomida Alisher Soipovning uy-muzeyi ochildi. Ushbu manzil aynan onaizor va jurnalist ukalarining g’ayrat-shijoati mahsuli.
Xonadon boshlig’i Avaz aka farzand dog’ida dardga chalinib, to’shakka mixlanib qolgan. Mushtipar ona, sadoqatli yor Zaynab opaning irodasi, mehr-muhabbati, sabr-qanoati ta’zimga loyiq.
Suhbatimizni quyida tinglang.
Facebook Forum