Har yili ikki million uch yuz ming amerikalik turmush quradi. Bu kuniga 6200 ta to’y degani. Yirik bir sanoat bu. Yiliga 70 milliard dollarlik biznes. Amerikaliklar ham dabdabali to’ylarni yaxshi ko’radi. Orzu-havas deb oilalar unga oylab, hatto bir yil tayyorgarlik ko’rishi mumkin.
Bik Dekaro ko’chmas mulk sohasida ishlaydi, ikki farzandi bor. To’yi 2003-yilda bo’lgan. Tayyorgarlik ko'rish uchun bir yildan oshiq davr ketgan.
“O’zimiz shuni xohlaganmiz. Bir-birimizni yaxshiroq bilish uchun. Shoshmaylik deganmiz. Lekin to’yga tayyorgarlikning o’zi ham uzoq vaqt oldi. U yer-bu yerdan surishtirsak, aksariyat to’yxonalar band, allaqachon zakaz qilib qo’yilgan ekan,” - deydi Dekaro.
Bu odatiy hol, deydi to’y rejalashtirish bo’yicha mutaxassis Syuzan Smit.
“Aksariyat kelinlar to’yim shanba oqshomida o’tsin, deydi. Demak, bu kun ko’pincha band bo’ladi. Siz istagan to’yxona band bo’lsa yoki kutish kerak, yo bo’lmasa to’y kunini o’zgartirish. Tayyorgarlik ancha vaqt talab qiladi. Odamlar o’ylaganidan ko’proq”.
To’y qanchaga tushadi?
Bir kecha uchun amerikaliklar o’rta hisobda 27000 dollar sarflaydi. Bu pulning yarmi - to’yxona ijarasi va taomlar uchun xarajat.
Asal oyi uchun ham bir necha ming dollar... Odatda kelin-kuyovlar uchun oromgoh va ko'ngilochar maskanlarda uch kunlik yoki bir haftalik "romantik go'shalar" taklif qilinadi.
“Pul ishlatish mumkin juda oson. Internet va televideniye orqali zo’r-zo’r to’ylarni ko’rsatishadi. Kelin-kuyovlar shunday to’y xohlaydi. Boringizni sarflaysiz,” - deydi Smit.
Amerikada odatda to’y xarajatlarini kelin taraf qoplagan. Bugun esa ko’p hollarda kelin-kuyovning o’zi pul topib, oila quradi. Xarajatni birga ko’tarishadi. Kerak bo’lsa, qarzga botasiz. Ayrim narsalarni ota-ona hadya qiladi.
“Kelin yoshroq bo’lsa, pulni ota-onasi to’laydi. Kattaroq, ya’ni yoshi 27 yoki 30 da bo’lsa, masalan, o’zi ishlab, pul topsa, xarajatni kelinning o’zi qoplashi mumkin. Bu degani qarorni uning o’z qiladi, aytgani aytgan. Qanday to’y xohlasa, shuni qiladi", - deydi Smit.
Bik turmush o’rtog’i Brendon bilan xarajatlarni birgalikda ko’targan. Har ikkalasi katta oiladan bo’lganligi uchun to’yga bir dunyo pul ketgan.
“Har birimizning o’z uyimiz, aksiyalarimiz, pulimiz bor edi. Shuning uchun to’yga tayyorlanish qiyin bo’lmadi. Lekin xarajat o’ylaganimizdan ko’proq bo’ldi”.
Afsuski, ba’zida pul ustidan tortishuvlar sevgi-muhabbatni puchga chiqaradi. Syuzan Smit fikricha kelin-kuyovlar o’rtasida vositachil bo’lishi kerak, haqiqiy diplomatik qobiliyat talab qilinadi. Aks holda to’y buzilishi mumkin.
Bik va Brendon oila qurganiga mana 10 yil bo’ldi. Katta xarajatga qaramay, ikkovi ham o’sha oqshomni baxtli damlar deya eslaydi. "Afsuslanmaymiz", - deydi Bik.
“Juda baxtiyor edik. To’yimiz zo’r o’tgan. Lekin shu qadar tez o’tganki, ko’z yumib ochgunimcha o’tib ketgan. Ochig’ini aytsam, pul haqida o’ylamaganmiz”.
Albatta bir oqshom uchun buncha pul sarflashni ma’qul ko’rmaydiganlar, boshqa yo’l tutadiganlar ham ko’p. Ba’zilar mahalliy hokimiyatga borib, ro’yxatdan o’tadi qo’yadi. Boshqalar Las Vegasga dam olishga borib, bir zumda nikohdan o’tadi. Ba’zilar kichik marosim o’tkazadi.