Breaking News

"Xalqaro Amnistiya" Baydenni Guantanamo qamoqxonasini yopishga chaqiryapti


Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi “Xalqaro Amnistiya” tashkiloti AQShning Bryusseldagi elchixonasi yonida norozilik namoyishi o’tkazib, Prezident Jo Baydenni Guantanamodagi qamoqxonani yopishga chaqirdi.

Xalqaro hayot – 14-iyun, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:56 0:00

Kubaning Guantanamo orolidagi qamoqxona AQShga qarashli bo’lib, unda terrorizmda gumon qilingan odamlar, ko’p hollarda rasmiy ayblovsiz saqlanadi.

"Qamoqxonani yopish vaqti keldi, chunki qiynoqqa solishlar, g’oyib bo’lishlar, inson huquqlarining qo’pol buzilishiga sababdir bu joy”, - deydi “Xalqaro Amnistiya”ning Belgiyadagi idorasi rahbari Vis de Grev.

Bayden NATO va Yevropa Ittifoqi rahbarlari bilan uchrashish uchun Bryusselga borgan.

Qamoqxona 2001-yil 11-sentabridagi voqealardan so’ng ochilgan. Inson huquqlari faollari mahbuslar qamoqxonada qattiq so’roq qilinganini, hatto qiynoqqa solinganini da’vo qiladi.

Sobiq prezident Barak Obama Guantanamoni yopmoqchi bo’lgan edi, biroq Donald Tramp Obama qarorini bekor qilgan. Obamaga o’rinbosar bo’lgan Bayden qamoqxonani yopish niyatida.

Guantanamoda jami salkam 800 odam saqlangan, hozir faqat 40 nafari qolgan, shulardan 9 tasi boshqa mamlakatga ko’chirilishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG