Breaking News

"Xalqaro Amnistiya" Isroilni aparteidda ayblayapti


Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi “Xalqaro Amnistiya” tashkiloti Isroilni Falastinga nisbatan odam ajratish, yerlarni olib qo’yish, uydan haydashlarga asoslangan irqchilikda ayblamoqda. Tashkilotga ko’ra, bularning barchasi insoniyatga qarshi jinoyatlarga tengdir.

Xalqaro hayot - 1-fevral, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:12:14 0:00

Londonda asoslangan tashkilotning 211 sahifalik hisoboti izlanishlar va huquqiy tahlilga asoslangan bo’lib, unda Isroil falastinliklar yerlari va mulklarini olib qo’yayotganlikda, ularni noqonuniy ravishda o’ldirayotganlikda, odamlarni turgan joylaridan majburan ko’chirayotganlikda, fuqarolik berishdan bosh tortayotganlikda ayblanmoqda.

Isroil Tashqi ishlar vaziri Yair Lapid guruh xulosalarini inkor etib, “Xalqaro Amnistiya”ni tashviqot tarqatuvchi, dalillarni diqqat bilan tekshirmaydigan, haqiqat o’rniga terrorchi tashkilotlar tarqatadigan ayni yolg’onlarni yoyuvchi navbatdagi radikal tashkilot deb atadi.

"Xalqaro Amnistiya” o’tmishda hurmatga sazovor tashkilot edi. Bugun esa buning teskarisi. Ortiq inson huquqlari tashkiloti emas”, - dedi u.

Falastin Ozodlik Tashkiloti hisobotni olqishlab, unda haqiqat yoritilganini, G’arbiy Sohil, Quddus va Isroil hududida falastinliklarga qarshi urush jinoyatlari amalga oshirilayotgani tasdiqlanishini bildirdi.

"Biz bir necha yil oldin xulosa qilgan gaplarning betaraf professional hisobotga jamlanganidan xursandmiz. Xalqaro hamjamiyatdan bu masalaga aralashishga ko’p chaqirganmiz”, - deydi tashkilot vakili Bassam Salhi.

“Xalqaro Amnistiya” hisobotiga ko’ra, Isroil o’zining arab fuqarolariga ham shunday muomala qiladi, Isroilning falastinliklar yashovchi hududlarini rivojlantirishga yetarlicha sarmoya kiritmaydi, 1967-yilgi urushda tortib olingan hududlarda ularning harakatini cheklaydi, falastinlik qochqinlarning qaytishiga to’sqinlik qilmoqda.

Hujjatda falastinliklarga nisbatan qiynoqqa solish holatlari, noqonuniy qotilliklar, majburiy ko’chirilishlar ham tilga olinadi.

Tashkilot bosh kotibasi Anyes Kallamarning Quddusdagi matbuot anjumanida aytishicha, Isroil hukumati “Xalqaro Amnistiya” hisobotini Isroilni beqarorlashtirishga qaratigan harakat yoki antisemitizm nishonasi deb atab, undagi xulosalarga ishonchni pasaytirishga urinib ko’radi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG