Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi Xalqaro Amnistiya tashkilotining aytishicha, o’tgan yili 21 mamlakatda jami 682 mahbusga nisbatan o’lim jazosi qo’llangan.
Qatl etish bo’yicha Eron birinchi o’rinda. Bu mamlakatda o’tgan yili 314 kishi o’limga mahkum etilgan, aksariyati giyohvand moddalar iste’mol qilgani yoki sotgani uchun.
Xalqaro Amnistiyaga ko’ra, aslida eng ko’p o’lim hukmi Xitoyda ijro etilgan, biroq, deyiladi tashkilot hisobotida, buni isbotlovchi raqamlar yo’q. Taxminlarga ko’ra, bu mamlakatda yiliga minglab odam qatl etiladi.
Ikkinchi o’rinda Iroq. O’tgan yili u yerda 129 odam oliy jazoga mahkum etilgan bo’lsa, 2011-yilda bu raqam 68 ga teng edi.
Xalqaro Amnistiya o’lim jazosiga qarshi bo’lib, uni bekor qilishga chaqirib keladi.
Guruh rahbari Salil Shettining aytishicha, o’lim jazosining jinoyat ko’lamini tushiruvchi omil ekaniga isbot yo’q.
Hisobotga ko’ra, o’tgan yili Saudiya Arabistonida 79, AQShda esa 43 odam qatl etilgan.