Breaking News

"Xalqaro Amnistiya": Efiopiya va Eritreya askarlari Tigrayda ayollarni zo'rlamoqda


Tigray (Arxiv surat)
Tigray (Arxiv surat)

Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi “Xalqaro Amnistiya” tashkilotining so’nggi hisobotiga ko’ra, Efiopiya va Eritreya hukumat kuchlari Efiopiyaning shimoldagi Tigray mintaqasida ro’y berayotgan mojaroda yuzlab ayol va qiz nomusiga tekkan, xo’rlagan.

Xalqaro hayot – 12-avgust, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:08 0:00

Ushbu ma’lumotlar “Xalqaro Amnistiya”ning jinsiy zo’ravonliklarni boshidan o’tkazgan 63 odam va ular bilan ishlayotgan tibbiy xizmatchilar bilan suhbatlari cho’gida ayon bo’ldi.

“Jabrdiydalarning ba’zilarini 24 soat, ba’zilarini esa haftalab ushlab turishgan, askarlar esa ularni zo’rlagan, kaltaklagan, haqoratlagan, millatchilik qilgan”, - deydi tashkilot tadqiqotchisi Fissexa Tekle.

20 yashar bir juvonning “Xalqaro Amnistiya”ga aytishicha, unga 2020-yil noyabrida o’z uyida amxar tilida so’zlashuvchi qurollangan odamlar hujum qilgan. Ayol o’sha paytda 4 oylik homilador edi.

Tashkilotning yana bir xodimi Adotey Akveyning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, xo’rlangan tigrayliklar orasida 10 yoshli qizlardan tortib 62 yoshli ayollargacha bo’lgan.

“Ayrim hollarda bir ayolni bir necha erkak zo’rlagan, jumladan homilador ayollarni ham”, - deydi Akvey.

Efiopiya hukumati “Xalqaro Amnistiya” hisobotiga munosabat bildirgani yo’q hali. Eritreya esa uni noprofessional va asossiz deb atadi.

Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki mavzuga munosabat bildirdi.

“Mintaqadagi mamlakatlar va rahbarlar bilan muloqotdamiz, Efiopiyada ro’y berayotgan qonunbuzarliklardan g’azabdamiz”, - dedi u.

AQSh Davlat departamenti barcha taraflarni qurolli mojaroni bas qlishga chaqirib, yordamga muhtoj va ochlikka yuz tutishi mumkin bo’lgan odamlarga gumanitar va tibbiy yordam ko’rsatishga imkon berishga da’vat etmoqda.

Efiopiya Bosh vaziri Abiy Ahmad esa aholini armiya safiga qo’shilib, Tigray kuchlariga qarshi kurashga chaqirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG