Breaking News

Entoni Blinken - AQShning yangi davlat kotibi


Entoni Blinken 71-davlat kotibi sifartida qasamyod keltirmoqda
Entoni Blinken 71-davlat kotibi sifartida qasamyod keltirmoqda

AQSh Senati Prezident Jo Bayden davlati kotibi lavozimiga tayinlagan Entoni Blinken nomzodini tasdiqladi. Amerikaning yangi tashqi ishlar vaziri xalqaro miqyosda ko’plab muammolarni hal qilishga kirishmoqda.

Xalqaro hayot – 27-yanvar, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:54 0:00

Entoni Blinken AQShning 71-davlat kotibi bo’ldi. Senatdagi 100 qonunchidan 78 nafari unga ovoz berdi. Demokratlar Blinken Tramp ma’muriyatining “Amerika birinchi” tashqi siyosatini tubdan o’zgartirishiga umid qilmoqda.

“Janob Blinken jahon sahnasida Amerikaning milliy xavfsizlikka doir huquqlarini tiklash va tasdiqlashga hamda Amerika qudratining eng muhim vositasi – diplomatiyani tiklashga qodir odamdir”, - deydi demokratlarning Senatdagi sardori Chak Shumer.

Obama ma’muriyatida davlat kotibining o’rinbosari lavozimida ishlagan Blinken Kapitoliyda ham tashqi siyosat bilan shug’ullangan tajribali kadrdir. Biroq ayrim respublikachi qonunchilar tashqi siyosatda katta o’zgarish bo’lmasligini aytmoqda.

“Janob Blinken 20 yil davomida Yaqin Sharqda harbiy intervensiyalarni tish-tirnog’i bilan targ’ib qilib kelgan odamdir. Tashqi siyosat o’zgaradi deb o’ylayotgan bo’lsangiz, adashasiz. Yana o’sha siyosatga qaytamiz”, - deydi senator Rend Pol.

Respublikachi qonunchilarning bir qismi uning nomzodini yoqlagan bo’lsa-da, Bayden ma’muriyatining Eron yadro dasturiga doir yondashuvidan norozi.

“Bitimni imzolash Amerika siyosatidagi ulkan xato bo’lgan. Janob Blinken bu fikrga qo’shilmaydi va bu masalada prezident bilan ishlashi, Amerikani yana bitimga qaytarishi tabiiydir”, - deydi qonunchi Jim Rish.

Blinken Senatdagi tinglovda AQShning Xitoy bilan aloqalari xususida ham fikr bildirdi.

“Xitoyga zaifligimizni emas, qudratimizni ko’rsatishimiz kerak. Bunga salohiyatimiz yetarli. Buning uchun ittifoqchilarni yerga urmay, ular bilan hamkorlik qilishimiz kerak. Xitoy bilan ish qilganda qudratimiz manbai aynan mana shudir”, - dedi Blinken.

Tahlilchilarga ko’ra, yangi davlat kotibi Davlat departamenti faoliyatini tiklash vazifasi bilan ham yuzlashmoqda.

“Pompeo, Tillerson va Trampning 4 yillik siyosati natijasida vazirlik xodimlarining ruhiyati tushgan. Biroq yana bir kattaroq muammo shuki, aksariyat diplomatlar nazarida, dunyo bilan muloqot qilishda ular ikkinchi planga tushib qolgan, AQSh tashqi siyosatida tashabbus Pentagon va harbiylar qo’liga o’tgan”, - deydi Vashingtondagi “Amerika taraqqiyoti markazi” tahlil institutidan Brayan Katulis.

Blinkenning nomzodi Senatda deyarli qarshiliksiz tasdiqlandi.

"U mulohazali bo’lib, mamlakatimiz yuzlashayotgan eng murakkab muammolarni hal qilishga, Kongress bilan ishlashga tayyor va qodirdir; har ikki joyda ishlaganida ham shunday edi”, - deydi demokrat senator Bob Menendes.

Blinken Bayden vazirlar mahkamasining so’nggi bir haftada Senat tasdig’idan o’tgan to’rtinchi a’zosidir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG