Breaking News

AQSh korrupsiyaga qarshi kurashda boshqa davlatlarga yordam beradi


AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (markazda) Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron (oldinda) bilan Londondagi korrupsiyaga qarshi xalqaro anjumanda, 12-may, 2016-yil.
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (markazda) Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron (oldinda) bilan Londondagi korrupsiyaga qarshi xalqaro anjumanda, 12-may, 2016-yil.

Britaniyada global korrupsiyaga bag’ishlangan xalqaro anjuman bo'lib o'tmoqda. Yaqinda jahonning eng mashhur va boy kishilari mol-dunyosini ofshor banklarda saqlayotgani haqida "Panama qog'ozlari" deb nomlangan hujjatlar fosh etilgan edi.

Sammitda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri ham qatnashmoqda. Poraxo’rlikka qarshi kurashda Nigeriya singari davlatlar bilan hamkorlik qilayapmiz, deydi u.

“Bir guruh generallar bu davlat xazinasidan milliardlab dollar o’margan. Bu pul xalqniki. Maktablar qurishga, sog’liqni saqlashga, Nigeriya infratuzilmasini tiklashga sarflanishi kerak edi”, - dedi AQSh bosh diplomati.

Anjumandan maqsad korrupsiyaga qarshi xalqaro kurashni kuchaytirish va jamiyatning har bir qatlamidan bu illatni siqib chiqarish. Ammo AQSh va Britaniya kabi boy davlatlarning o’zi ham moliya tizimini isloh qilishi kerak, deydi sharhlovchilar.

Bir kunlik sammitda Afg'oniston, Kolumbiya va Nigeriya kabi davlatlar yetakchilari ham ishtirok etmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG