Kaliforniya shtatida federal sud Mark Bassili Yusuf (Mark Basseley Youssef) ismli shaxsni bir yilga ozodlikdan mahrum etgan. Yusuf islomga qarshi ishlangan va internetga qo'yilishi bilanoq musulmon dunyosida kuchli norozilik uyg'otgan edi.
Lekin bugungi hukm film bilan bog'liq emas. Yusuf oldin ham sudlangan va shartli jazoga to'liq bosh egmagani sabab yana panjara ortida.
Bugun sud oldida Yusuf to'rt jinoyatni o'z bo'yniga olgan, jumladan soxta ism-sharifda yurgani va 2010-yilda sodir etilgan moliyaviy jinoyatlari uchun berilgan jazoni o'tamaganini.
Yusuf Misrda tug'ilgan qibtiy nasroniy. U prodyucerlik qilgan filmda payg'ambar Muhammad masxara qilinadi.
Videoni yaratayotganida u Sem Basil (Sam Bacile) va Nakula Bassili Nakula (Nakoula Basseley Nakoula) degan ismlar ishlatgan.
Yusuf sentabr oyida hibsga olingan edi. Musulmon olamidagi qonli namoyishlarda o'nlab odam halok bo'ldi.
Norozi omma film prodyuserlari qamoqqa olinsin va jazolansiz degan talabga AQSh hukumati bu so'z va fikr erkinligi ustuvor jamiyat deya javob berdi.
Obama ma'muriyati filmni keskin qoraladi va video Amerika siyosati va pozitsiyasini aks ettirmaydi deya qayd etib kelmoqda.