Breaking News

Arab-amerikaliklar saylovda Obama tarafdori


Arab-amerikaliklar kimga ovoz beradi? Arab American voters
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:51 0:00

Arablar kimga ovoz beradi? Arab American voters

Arab muhojirlar va ularning Amerikada voyaga yetgan farzandlari - saylovchilarning bir foizini ham tashkil etmaydi. Ammo bugun ular har qachongidan ham faollashgan. Siyosiy roli oshgan. Arablarning aksariyati Michigan shtatining Diyeborn shahrida yashaydi. 6-noyabrdagi prezident saylovlari oldidan ular qanday talab va g'oyalarni olg'a surmoqda?

Arab-amerikalik saylovchilar, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:03 0:00
Yuklab oling


Imom Hasan Qazviniy Iroqda hukumat biror marta tinch yo’l bilan almashganini eslolmaydi. Bunga birinchi bor AQShda guvoh bo’ldim, deydi u.

“Amerikaga kelib, bir prezidentdan boshqa prezidentga hukumatning tinch o’tganini ko’rib qattiq ta’sirlandim. Bu katta voqea”, - deydi imom.

Xuddi shu narsa urushdan aziyat chekkan o’lka odamlarini AQShga kelib yangi hayot boshlashga undaydi.

Imom Qazviniy Michigan shtatining Diyeborn shahrida islomiy markazni boshqaradi. Uning aytishicha, musulmon saylovchilar safi tez sur’atda kengayib borish bilan birga ularning AQSh siyosatiga ta’siri ham o’sib bormoqda.

“Bu yilgi saylovda arab va musulmon amerikaliklarning ishtiroki har doimgidan ham yuqori bo’lishi kutilmoqda”, - deydi imom.

Bunday siyosiy faollikda Rashid Elabod kabi ko’ngillilarning hissasi bor.

Muhojirlarga AQSh saylov tizimini tushuntirish ba’zan oson emas, deydi u.

“Ular ovoz berish erkinligiga, so’z erkinligiga ega ekanini tushunmaydi. Amerikaga yangi kelganlari uchun nima qilishni, qayerdan ma’lumot olishni bilishmaydi. Shuning uchun ularda biroz qo’rquv va hayajon bor”, - deydi Elabod.

Arab muhojirlari axborotni, asosan, Osama Siblaniy ta’sisligida chiqadigan gazetalardan oladi.

“Odamlarimiz diktatorlar boshqaradigan totalitar rejimlardan kelishgan. Shuning uchun ular bu yerda o’zlarini ro’yxatdan o’tib ovoz berishga, demokratiyaga o’rgatishlari kerak”, - deydi noshir.

Arab-amerikaliklarning soni kam bo’lsa ham, ularga saylovda ishtirok etishning muhimligini o’rgatish kerak, deydi jamiyat faoli Rashid Elabod.

“Bir foiz ovoz ham saylov taqdirini hal qilishi mumkin”, - deydi u.

Imom Qazviniyga ko’ra, musulmon saylovchilarning aksariyati prezident Obamani qo’llab-quvvatlaydi.

“Ko’plab arab-amerikaliklar Obamani tanlashadi. Uni eng munosib nomzod deb bilishadi”, - deydi u.

O'tkazilgan so'nggi ommaviy so'rov natijalari ham shuni ko'rsatmoqda.

Ammo Obama to’rt yillik faoliyati davomida ishsizlikni bartaraf eta olmadi. Ishsizlik darajasi mamlakatdagi umumiy ko’rsatkichdan ham yuqori bo’lgan Michigan kabi shtatlarda saylovchilar buni yaxshi biladi. Arab-amerikaliklar ham shular jumlasidan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG