Arizonadagi yong’inda 19 o’t o’chiruvchi nobud bo’ldi
Amerika rasmiylarining aytishicha, Arizonada yong’in paytida 19 nafar o’t o’chiruvchi nobud bo’lgan.
Juma kundan beri Yarnell shahri yonida kuchli yong’in shiddat bilan katta o’rmonzorlarni qamrab keladi.
Ofat natijasida 800 gektar maydon, o’nlab binolar kuyib kul bo’lgan.
Arizona, Kaliforniya va Nevada jazirama issiq asoratlari bilan olishayapti.
Hukumat odamlarni xavfli hududdan ko’chirishga o’tgan.
Prezident Barak Obama ofat bilan olishib halok bo’lgan o’t o’chiruvchilarni qahramonlar deya xotirladi va ularning oila a’zolari, do’st-birodarlariga hamdardlik bildirdi.