Breaking News

Ozarbayjon va Armaniston o’rtasida qurol poygasi yangi mojaroga ishorami?


AQSh va Armaniston qo'shma harbiy mashg'ulotlar paytida
AQSh va Armaniston qo'shma harbiy mashg'ulotlar paytida

Kuzatuvchilarga ko’ra, Ozarbayjon va Armaniston o’rtasida avj olayotgan qurol poygasi Kavkazda tinchlikni o‘rnatishga qaratilgan harakatlarga pand berishi mumkin.

Xalqaro hayot - 16-avgust, 2024-yil - Berlin Kyevga yordamni ikki baravar kesmoqchi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:14:24 0:00


Turkiya yordamida Tog’li Qorabog’ni Armanistondan qaytarishga muvaffaq bo’lgan Bokuharbiy arsenalini kuchaytirmoqda.

“Turkiya mudofaa sanoati Ozarbayjonni harbiy texnika bilan ta’minlashda davom etadi.

Biroq Ozarbayjonga eng so’nggi texnologiya Turkiyadan emas, Isroildan kelmoqda”, - deydi Anqarada joylashgan Yaqin Sharq texnologiya universitetidan Husayn Bog’chi

Ilgari Rossiyadan qurol olgan, biroq so’nggi yillarda qurolli kuchlarini modernizatsiyalashtirmagan Yerevan Tog’li Qorabog’ni so’nggi urushda jangsiz taslim etdi.

Endi Armaniston xatolaridan saboq olishga intilmoqda, yangi qurollar, jumladan zamonaviy artilleriyani Fransiyadan xarid qilmoqda.

Yerevan qurol mudofaa uchun kerakligini ta’kidlamoqda.

“Shu tobda Armaniston va Ozarbayjon harbiy ma’noda teng emas. Armaniston qisqa muddatda unga qarshi bosqin oldingidan ancha qimmatga tushishi uchun hozirlik ko’rmoqda”, - deydi siyosiy konsultant Erik Akopyan.

AQSh ikki tarafni yarashtirishga, tinchlik bitimini qabul qilishga ko’ndirishga urinmoqda. Biroq hududiy tortishuvlar muzokaralarning to’xtashiga sabab bo’ldi. Boku Yerevan kelajakda anklav uchun yangidan kurashishga hozirlanayotganidan xavotirda.

“5-10, balki undan ko’p yildan keyin Armaniston armiyasini qurollantirib, harbiy salohiyatini kuchaytirib, qaytib kelishi mumkin. Chunki ayrim armanlar “bu urushni boy berdik, ammo birinchisida g’alaba qozonganmiz, 10-20 yilda albatta bu masalaga qaytamiz” deb aytishyapti”, - deydi Xalqaro aloqalarni tahlil qilish markazi rahbari Farid Shafiyev.

Har ikki mamlakat mudofaa uchun qurollanayotganini da’vo qiladi. Biroq tahlilchilar qurol poygasi mintaqani beqarorlashtirishi mumkin deya taxmin qilmoqda.

“Armaniston va Ozarbayjon go’yoki ikki yosh boladay. Olov bilan o’ynashishyapti, uy yonmoqda va hamma yirik davlatlardan uyi nega yonayotganini va unga kim o’t qo’yganini so’rashyapti. Ularning o’zi bu ishga birgalikda qo’l urgan”, - deydi Husayn Bog’chi.

Har ikki mamlakat AQSh tashabbusi bilan o’tkazilayotgan muzokaralarga sodiq ekanini ta’kidlamoqda. Biroq ikki tomonlama shubhalarni bartaraf etish uchun quruq gap kifoya qilmaydi. Bu yo’lda konkret qadamlar qo’yilmasa, uzoq muddatli tinchlikka umid yo’qolishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG