Breaking News

Tog'li qorabog'lik armanlar uylariga qaytmoqda


Rossiyalik harbiylar Stepanakertda (Xonkendi)
Rossiyalik harbiylar Stepanakertda (Xonkendi)

Tog’li Qorabog’dagi urush boshlanishi bilan o’lka poytaxti Stepanakertni tark etgan arman aholi sulh imzolanishi ketidan o’z uylariga qaytib bormoqda.

Xalqaro hayot - 19-noyabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:07 0:00

“Boradigan boshqa joyimiz yo’q. Bu bizning yerimiz”, - deydi Pavel ismli stepanakertliklardan biri.

Ozarbayjon hududni o’ziniki deb biladi, shaharni Xonkendi deb ataydi. Sulh natijasida mintaqadagi bir necha rayon 1-dekabrgacha Ozarbayjonga qaytarilishi kerak. Birinchi urush paytida uylarini tark etishga majbur bo’lgan ozarbayjonlik qochqinlarning bir qismi Tog’li Qorabog’ga qaytishi kutilmoqda.

Sulh shartlariga ko’ra, Armanistonni Stepanakertga ulovchi Lochin korridorini salkam 2000 rossiyalik askar nazorat qiladi. Ular 23 ta nazorat punktlari o’rnatib, avtomobillarni tekshirmoqda, qurol-yarog’ chiqsa, musodara qilmoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligiga ko’ra, 14-noyabrdan beri 2600 dan ziyod tog’li qorabog’lik arman Yerevandan uyiga qaytib borgan.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, Armaniston urushni kichikroq talofatlar bilan yakunlashi mumkin edi, biroq Bosh vazir Nikol Pashinyan uning ancha oldingi taklifiga ko’nmagan.

Putin Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevni harbiy harakatlarni to’xtatishga ko’ndirganini, biroq buning uchun Armaniston ozarbayjonlik qochqinlarga Tog’li-Qorabog’ning Shusha shahriga qaytishiga ruxsat berishi kerak bo’lganini aytdi. Pashinyan taklifni qabul qilmadi, deydi Putin.

Bu o’rtada Niderlandiya parlamenti o’z hukumatini Yevropa Ittifoqidan Ozarbayjonga sanksiya qo’yishni so’rashga da’vat etuvchi hujjat qabul qildi.

Bugun Niderlandiyaning yangi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qilgan Ilhom Aliyev bu mamlakat parlamenti qaroridan norozi ekanini bildirdi.

"Parlamentingizning bunday noxolis harakatga qo’l urishi ikki tomon munosabatlarini yanada yaxshilashga yordam bermaydi”, - dedi u.

Aliyevning aytishicha, Bokuning Amsterdam bilan bundan keyingi aloqalari Niderlandiya hukumati siyosatiga bog’liqdir.

Kelasi hafta Fransiya Senati qonunchilari Tog’li Qorabog’ mustaqilligini tan oluvchi rezolyutsiyaga ovoz beradi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Tog’li Qorabog’ni Ozarbayjonning ajralmas qismi deb biladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG