Breaking News

O'zini boshqaruvchi robot, mashinalar qanchalik xavfsiz?


Texnologiya xavfsizligi - robotlar, samolyotlar, kompyuterlar, avtomobillar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:47 0:00

Yi ethnic minority girls wait to participate in a traditional performance to celebrate the Torch Festival in Butuo County, Sichuan province, China.

Robotlar insoniyatga qarshi isyon ko’tarishi kitoblar va badiiy filmlarda doimiy mavzu. Sun’iy intellekt bo’yicha olimlarning aytishicha, real olib qaraganda, texnologik taraqqiyotning navbatdagi bosqichida mustaqil harakatlanuvchi vositalar ko’payishini kutsa bo’ladi.

Sun’iy miya, ya’ni avtopilot aviatsiya sanoatida o’nlab yillardan buyon qo’llanadi. Uchuvchi kabinada bo’lsa-da, boshqaruvni kuzatib o’tirmaydi. Kelasi bir necha yil ichida tadqiqot va sinovlar yakunlanib, haydovchisiz avtomobillar ham bozorga chiqarilishi mumkin.

Bunday mashinalar xavfsizmi? Kompyuter bo’yicha mutaxassis va ilmiy kitoblar muallifi Jerri Kaplan deydiki, aqlli avtomobillar yo’l qoidalariga qat’iyan amal qiladi va ehtiyotkorlikda insondan ham o’zib ketadi. Qancha-qancha fojialarning oldini olish mumkin.

“Yo’llarda sodir bo’layotgan avtohalokatlarni 80-90 foizga kamaytirsa bo’ladi”, - deydi u.

Ilg’or texnologiyalar doimo harbiylar e’tiborini o’ziga jalb etgan. Ayni paytda operator nazoratisiz uchadigan dronlar yaratilmoqda.

Ayrimlar nazarida, uzoq masofaga ucha oladigan bunday jangovar apparatlar hayot-mamot masalasida qarorlar qabul qilishi qo’rqinchli.

“Biror begunoh odamni o’ldirsa, kim javob beradi? Bunday qonunlar ishlab chiqilmagan. Avtonom robotni yaratgan kompaniya javob beradimi? Yoki uning programmasini yozgan odammi?” - deydi professor Tobi Volsh.

Ayrimlar bunday qurollarni xalqaro miqyosda taqiqlashga undasa, boshqalar ularni yasash uchun kerakli vositalar allaqachon borligini qayd etadi. Qora ro’yxatdagi davlatlar yoki terrorchi guruhlar ulardan yovuz maqsadda foydalanishi mumkin.

“Bu texnologiyalar ustida ish davom etishi lozim. Ular yordamida harbiy xatolarni kamaytirsa bo’ladi”, - deydi Jerri Kaplan.

Taraqqiyotni to’xtatib bo’lmaydi. Sun’iy intellekt ham yaxshi, ham yomon oqibatlarga olib kelishi tayin. Muhimi, odamzot zamonga moslashib borishi kerak.

“Bu jarayonda shunday bir davr bo’ladiki, ishsizlar ko’payadi, malaka oshirishga to’g’ri keladi. Texnologiyalar tezlikda rivojlanayotgani sabab qisqa muddatda bu kabi muammolar ko’payib boraveradi”, - deya qo'shadi Kaplan.

Sun’iy intellekt har kungi hayotimizga olib keladigan o’zgarishlar haqida so’z yuritar ekanmiz, fantast yozuvchi, asli rossiyalik yahudiy adib Ayzek Azimov 1942-yilda bitgan uch qonundan birinchisini yodga olsak: “Robot insonga ziyon yetkazmaydi va insonning xatar bilan yuzlashishiga yo’l qo’ymaydi”.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG