Breaking News

Yonilg'i bahosi ko'tarilsa, oziq-ovqat ham qimmatlashadi


Yonilg'i bahosi ko'tarilsa, oziq-ovqat ham qimmatlashadi
Yonilg'i bahosi ko'tarilsa, oziq-ovqat ham qimmatlashadi

Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlarida uzoq yillik avtoritar tuzumlar qulab, g’alayonlar davom etar ekan, buning jahon iqtisodiyotiga ta’siri katta. Gap neftga boy davlatlar ustida ketmoqda.

Siyosiy beqarorlik yonilg’i bahosini ko’tarib yubormoqda. Bu esa o’z navbatida oziq-ovqat narxining ham oshishiga olib keladi.

Osiyo davlatlari neftni asosan chet eldan, arab davlatlaridan sotib oladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqtisodiyot va ijtimoiy masalalar bo’yicha bosh mutaxassisi Aynul Hasan Osiyo fikricha bu inflyatsiyaga yetaklashi tayin.

“Jahon bozorida neft narxining ko’tarilishi Yaqin Sharqdagi vaziyat bilan chambarchas bo’gliq ekani hech kimga sir emas. Bu yana qancha davom etishi noma’lum. Albatta har bir mamkalatda neft zaxirasi mavjud. Lekin bu uzoqqa yetmaydi. Agar notinchliklar davom etsa, neft yanada qimmatlashadi”, - deydi u.

Bu yili jahon bo’ylab hosildorlik yuqori emas.

Jahon Bankining bildirishicha, dunyoda oziq-ovqat narxi har qachongidan ham baland va ko’tarilishda davom etmoqda.

Broker Supavud Saycheva Tailand birjasida ishlaydi. Yaqin Sharqdagi namoyishlarni diqqat bilan kuzatmoqda.

“Liviya kabi neftga boy mamlakatlar g’alayonlar tufayli yonilg’i eksportini to’xtatsa, oradan ko’p o’tmay bu butun dunyo iqtisodiyotini sekinlashtiradi. Tailand va qo’shni mamlakatlar bundan katta zarar ko’rishi aniq”-, deydi u.

Osiyoda eng ko’p neftni Xitoy sotib oladi.

2007 yilda bir barrel neft 147 dollarga ko’tarilganida aviatsiya sohasi jiddiy talofot ko’rgan. 2008 yilda yuz bergan iqtisodiy inqiroz bu sanoatga qo’shimcha zarba bo’lgan. Yo’lovchilar soni keskin kamayib aviakompaniyalar katta zarar ko’rgan. Neft bahosi ko’tarilar ekan, sarmoya ko’lami pasayib, aksiya bahosi tushib ketgan.

Vaziyat o’nglanishi uchun kamida olti oy kerak, deydi broker Supavud Saycheva.

Arab dunyosida xalqni hukumatlarga qarshi bosh ko’tarishga majbur qilgan sabablar - iqtisodiy nochorlik, ishsizlik va repressiya.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG