Breaking News

BMT davlatlarni dovuldan zarar ko'rgan Filippinga yordam berishga chaqirmoqda


Takloban shahri dovuldan so'ng, Filippin, 12-noyabr, 2013-yil
Takloban shahri dovuldan so'ng, Filippin, 12-noyabr, 2013-yil
Birlashgan Millatlar Tashkiloti donor davlatlardan dovuldan zarar ko’rgan Filippinga gumanitar yordam uchun 301 million dollar so’ramoqda. Tabiiy ofat 10 mingga yaqin odamning yostig’ini quritdi.

BMTning gumanitar masalalar bo’yicha rasmiysi Valeri Amos bugun Filippinda bo’ldi. Uning aytishicha, 660 ming filippinlik boshpanasiz qolgan. Ular suv, oziq-ovqat va dori-darmonga muhtoj.

Dovuldan eng ko’p zarar ko’rgan Takloban shahri qarovsiz qolib, ko’plab do’konlar o’marilgan, jasadlar hanuz ko’chalarda qolmoqda.

Qo’shma Shtatlar mintaqaga harbiy kema yuborgan. Besh ming matros va 80 ta samolyotni sig’dirgan vosita ikki kundan keyin ofat zonasida bo’ladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG