Breaking News

Assad so'nggi ikki yilda ikkinchi bor Rossiyaga bordi


Assad va Putin Sochida uchrashmoqda, 20-noyabr, 2017-yil
Assad va Putin Sochida uchrashmoqda, 20-noyabr, 2017-yil

Suriya Prezidenti Bashar Assad dushanba kuni Sochi shahrida Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashib, Suriya mojarosini siyosiy yo’l bilan hal qilish xususida gaplashgan.

Kreml bayonoti va Suriyaning “SANO” davlat axborot agentligi tarqatgan xabarga ko’ra, Putin Rossiyaning Suriyadagi harbiy harakatlari oxirlab qolganini aytib, Assadni terrorchilar ustidan g’alaba bilan tabriklagan.

Suriya rahbari so’nggi bor Rossiyaga ikki yil oldin borgan edi. O’shanda Moskva bu mamlakatda harbiy harakatlarini endi boshlagan edi.

Kremlning bildirishicha, Putin AQSh Prezidenti Donald Tramp va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad al-Tani bilan ham Suriya mavzusida gaplashishi kutilmoqda.

Ertaga, chorshanba kuni Sochida Suriya tinchlik jarayoni doirasida Putin Turkiya va Eron rahbarlari bilan uchrashadi. 28-noyabr kuni esa Jenevada BMT homiyligida muzokaralar o’tkazilishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG