Breaking News

Assad: Amerika muzokaraga tayyor ekanini amalda isbotlasin


Arxiv surat - Suriya Prezidenti Bashar Assad (o'ngda) BMTning Suriya bo'yicha vakili Staffan de Mistura bilan Damashqda uchrashmoqda, 10-niyabr, 2014-yil
Arxiv surat - Suriya Prezidenti Bashar Assad (o'ngda) BMTning Suriya bo'yicha vakili Staffan de Mistura bilan Damashqda uchrashmoqda, 10-niyabr, 2014-yil

Suriya Prezidenti Bashar Assad AQShdan Davlat kotibi Jon Kerrining Suriya hukumati bilan muzokaraga tayyormiz degan gapini amalda isbot etishni so'ramoqda.

"Hozircha bayonotlardan nariga o'tilmayapti. Amaliy ishga qarab qaror chiqaramiz", - dedi Assad.

Kerrining kechagi intervyuda aytishicha, Qo'shma Shtatlar Suriyada hokimiyat o'zgarishini istasa, amaldagi rahbar bilan gaplashishga majbur. To'rt yildan beri davom etayotgan fuqarolar urushi 200 mingdan ziyod odamning yostig'ini quritdi.

"Hamma mojaroning siyosiy yo'l bilan hal etilishini istaydi. Ittifoqchilarimiz va boshqalar bu borada Assadga kattaroq bosim qo'yadi degan umiddaman", - dedi Kerri.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG