Breaking News

Shvetsiya Assanjga qarshi tergov ishini yopdi


Shvetsiyada “WikiLeaks” sahifasining asoschisi Julian Assanjga qarshi jinsiy zo’rlash aybi olib tashlandi. Ish shvetsiyalik bir ayol da’vosiga ko’ra ochilgan edi. Da’voda aytilishicha, Assanj 2010-yilda ayolning himoya vositasisiz jinsiy aloqaga kirishishga e'tiroziga qaramay uning uxlayotganidan foydalanib, seksga majburlagan.

Shvetsiya bosh prokurorining o’rinbosari Eva-Mari Persson muxbirlar bilan suhbat paytida tergov ishi to’xtatilganini aytdi.

“Joriy yil yozida va kuzida o’tkazilgan tergov natijasida da’vogarning og’zaki ko’rsatmasi va bayonoti zaif ekani aniqlandi. Bunga, asosan, voqeaning ancha oldin yuz bergani sabab. Ba’zi narsalar tabiiy ravishda xotiradan oc’hadi”, - dedi prokuror ayol.

Bu ishning da’vo muddati 2020-yil avgustigacha. Avstraliya fuqarosi bo’lgan Assanj ayblovni bot-bot inkor etgan.

Maxfiy hujjatlarni oshkor etish bilan shug’ullanuvchi “WikiLeaks” sahifasining asoschisi Ekvadorning Londondagi elchixonasida 7 yillik boshpanadan so’ng aprel oyida elchixonadan haydalib, britan politsiyasi qo’liga tushdi.

2012-yilda garov shartini buzib, London sudidan Ekvador elchixonasiga qochgani uchun Assanj ayni damda 50 haftalik qamoq muddatini o’tamoqda. Shundan so’ng uni AQShga esktraditsiya qilish masalasi ko’riladi.

Qo’shma Shtatlar uni maxfiy hujjatlarni oshkor qilgani uchun jazolamoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG