Breaking News

Chegaradan noqonuniy kirganlarga AQShda qolish osonmi?


AQShdan boshpana olganlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:47 0:00

AQShga noqonuniy kirib kelgan odamlarning boshpana arizasi rad etilishi ehtimoli yuqori. Adliya vazirligi ma’lumotiga ko’ra, 2017-yilda 120 ming shunday ariza tushgan bo’lsa, atigi yetti ming kishiga Amerikada qolishga ruxsat berilgan.

AQSh-Meksika chegarasida turnaqator bo’lib turgan odamlarni ko'rasiz. Ular Amerikaga qonuniy ravishda kirgandan keyin odatda boshpana so’raydi. Bu ish aynan qonuniy ravishda qilinsa, boshpana olish ehtimoli oshar ekan. Noqonuniy kirganlarga ko’pincha rad javobi beriladi. Hukumat chiqargan 2016-yilgi statistik ma’lumotlardan shunday xulosa qilish mumkin.

Ammo Meksikadan noqonuniy kelgan Serhioning omadi bor ekan.

“Qo’shma Shtatlarga 1992-yilda kelganman, chunki Meksikada ish topish qiyin edi”, - deydi u.

Tramp ma’muriyati immigratsiya masalasida qattiq turar ekan, Serhioni o’tgan yili mast holatda hisbsga olishdi va deportatsiyaga topshirishdi.

Meni Los-Anjeles yaqinidagi hibsxonada 9 oy saqlashdi, soqchi meni haqoratladi, deydi u.

"Meni mahbus deb atadi. Unga aytdimki, mahbus emasmas, immigratsiya sabab vaqtincha ushlab turishibdi. Jinoyat qilganim yo’q”, - deydi Serhio.

Serhio o’sha bahsdan keyin soqchilar bilan kelisha olmaganini aytadi. Uning advokati Joel Frost-Tift immigrantlar huquqini himoya qiluvchi tashkilotda ishlaydi. Mijozi uchun boshpana so’ramoqda. Serhioning ruhiy kasalligi bor, deydi advokat.

“Hibsxonada u tibbiy muolajadan o’tgan, lekin yetarli emas. Ozodlikka chiqishidan bir oy oldin o’zini o’ldirishga ham harakat qilgan. Demak, dorilari vaqtida berilmagan, unga yaxshi qarashmagan”, - deydi advokat.

Sud fikricha, Serhio Meksikaga deportatsiya qilinsa, u yerda kerakli muolajani ololmaydi. Uning boshpana arizasi qondirildi.

Otaxonning ishi nisbatan tez bitgan bo’lsa-da, rasmiylarning aytishicha, oshib borayotgan da’volar butun sistemani sekinlashtiryapti. Serhio masala hal bo’lganidan mamnun, lekin unga hali viza berilgani yo’q.

“Hafsalam pir. Boshpanada turibman, doimiy joyim yo’q”, - deydi muhojir.

Serhio ozod va AQShda hayotining keyingi sahifasini boshlashga tayyor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG