Breaking News

Ozarbayjon va Armaniston o'rtasidagi ikkinchi sulh ham buzildi


Ozarbayjon va Armaniston bir-birini yangi sulhni buzganlikda ayblamoqda. Tog’li Qorabog’da bugun ham shiddatli janglar kuzatilgan.

Xalqaro hayot – 19-oktabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:22 0:00

Ozarbayjon arman kuchlarining neft quvuriga otgan raketasini urib tushirganini da’vo qilmoqda. Armaniston ushbu ayblovlarni rad etmoqda.

O’tgan shanba kuni takror kelishilgan otashkesin 10-oktabr kuni ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari Moskvada erishgan gumanitar sulh kabi ko’pga yetmadi. Mojaro to’xtamas ekan, Rossiya va Turkiyaning ixtilofga bevosita tortilish xavfi kuchaymoqda.

Tog’li Qorabog’dagi arman ma’muriyatiga ko’ra, Ozarbayjon o’lkaning shimoliy va janubiy hududlarini o’qqa tutmoqda, bir shahar va to’rtta qishloqda aholini nishonga olgan, biroq Boku bu da’volarni inkor etmoqda.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi o’z navbatida arman kuchlarini mojaro zonasidan ancha uzoqda joylashgan rayonlarga o’q yog’dirayotganlikda ayblamoqda. Xususan, urush zonasidan 300 kilometr naridagi Xizi rayonida Rossiyaning Novorossiysk shahriga neft uzatuvchi quvur yoniga o’q-dori tushgani aytilmoqda.

Shanba kungi sulhga vositachilik qilgan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun tomonlarni yana tinchlikka chaqirdi.

O’tgan hafta Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Tog’li Qorabog’da ikki millat vakillari tinch yashashi haqida fikr bildirdi. Buning uchun hududdan haydalgan ozarbayjonliklar o’z yerlariga qaytishi kerak, dedi u.

Tomonlar 27-sentabrdan beri olishar ekan, Boku 61 tinch fuqarosi o’lganini ma’lum qildi, harbiy talafotlarini oshkor etmayapti. Tog’li-Qorabog’ ma’muriyati 710 harbiysi va 36 fuqarosi nobud bo’lganini bildirdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG