Breaking News

Bahraynda isyon ko’targan omma yetakchilari qamoqqa olindi


Isyon ko'targan - shialar
Isyon ko'targan - shialar

Bahraynda muxolifat va armiya o’rtasida kechagi qonli to’qnashuvdan keyin bugun olti faol qamoqda.

Muxolif shialar safidan Hasan Mushaima, Vaad partiyasi rahbari Ibrohim Sharif va faol Abdul Vahad Husayn shular jumlasidan. Nimada ayblanayotgani hozircha noma’lum.

Poytaxt Manamada, Marvarid maydonida o’rnashib, islohot talab qilgan omma kecha politsiya hujumiga uchradi.

Muxolifat, asosan shialardan iborat odamlar ayovsiz kaltaklanib, o’qqa tutilgan.

Bahraynda isyon ko’targan omma yetakchilari qamoqqa olindi
Bahraynda isyon ko’targan omma yetakchilari qamoqqa olindi

Shifokotlarning aytishicha, o’lganlar bor.

Bahrayn hukumati namoyishlarni bas qilish ahdida qat’iy va favqulodda holat e’lon qilgan.

Qirol Hamad bin Isa al-Halifa xalq tinchini vaj qilib, armiyani safarbar etdi. Isyon ko’targan faollarni terrorizmda aybladi.

Yurt aholisining ko’pi shialardan iborat, namoyish qilayotgan ham shular.

Ular hukmron sunniylardan adolat, tenglik, demokratiya so’ramoqda.

Ba’zilar qirol oilasi ketsin, boshqaruv parlament qo’liga o’tsin, deydi.

Bahrayn qiroli Saudiya Arabistonidan ming, Birlashgan Arab Amirliklaridan 500 harbiyni taklif qilgan.

Bahraynda isyon ko’targan omma yetakchilari qamoqqa olindi
Bahraynda isyon ko’targan omma yetakchilari qamoqqa olindi

Qirollik ittifoqchisi Qo’shma Shtatlar bu qarordan norozi. Bahraynda AQShga qarashli baza bor, Vashington bu davlatga mo’maygina harbiy yordam ko’rsatib keladi.

“Kuch bilan muammoni hal qilish mumkin emas”, - deydi Amerika rasmiylari. Lekin qo’shni davlatlar askarlari ketsin degan talab hozircha yangrayotgani yo’q.

Bahraynda isyon ko’targan omma yetakchilari qamoqqa olindi
Bahraynda isyon ko’targan omma yetakchilari qamoqqa olindi

Kechagi olishuv paytida Bahrayn hukumati harbiy havo kuchlari va piyoda qo’shin, texnikani ishga soldi. O’nlab odam jarohatlangan.

Harbiylar tezyordam mashinalari va kasalxonalarga kirib, yaradorlarni olib ketgani aytiladi.

Prezident Obama Bahrayn qiroli Hamad al-Halifa va Saudiya Arabistoni qiroli Abdulla bilan telefonda gaplashib, tinchlikka undagan.

Bahraynda isyon ko’targan omma yetakchilari qamoqqa olindi
Bahraynda isyon ko’targan omma yetakchilari qamoqqa olindi

Mojaro Qo’shma Shtatlar va Fors ko’rfazidagi ittifoqchi davlatlar o’rtasida aloqani taranglashtirdi.

Davlat kotibasi Xillari Klinton shu hafta Saudiya Arabistoniga borishi kutilgan edi.

Lekin AQShni Bahrayn ishlariga aralashayotganlikda ayblagan qirollik Klinton safarini bekor qilgan. Mazhablararo adovat hissi kuchli.

Sunniylar boshliq Saudiya Arabistoni xavotiri shundaki, Bahraynda monarxiya qulab, shialar hokimiyatga kelishi va Eronga xayrixoh siyosatga o’tishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG