Breaking News

Bolqon davlatlarida kuchli toshqin


Serbiya
Serbiya

Tabiiy ofat kamida 20 odamning hayotiga zomin bo’lgan. O’n minglab fuqarolar uy-joyidan ayrilgan.

Bolqon davlatlari oxirgi bir asrda eng og’ir toshqin bilan yuzlashayapti. Tabiiy ofat kamida 20 odamning hayotiga zomin bo’lgan. O’n minglab fuqarolar uy-joyidan ayrilgan.

Serbiya, Xorvatiya, Bosniya-Gertsogovinaga xalqaro hamjamiyatdan yordam yetib bormoqda.

Elektr tizimi ishdan chiqqan; yer ko’chkisi xavfi sababli minglab odamlar evakuatsiya qilinayapti. Xususan, Bosniyaning uchdan bir qismini suv bosdi; uylar, yo’llar, temir yo’llar xarob bo’ldi.

Yevropa markazida oxirgi bir necha kunda naq to’rt oylik yomg’ir yog’gani ma’lum. Talofatlar soni oshishi mumkin, deya ogohlantiradi rasmiylar.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG