Breaking News

Baltimor bir yil oldingi to'polonlardan hamon o'ziga kelmoqda


Baltimor, to'polonlardan bir yil o'tib
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:38 0:00

Baltimor, to'polonlardan bir yil o'tib

Merilend shtatining Baltimor shahrida norozilik namoyishlaridan bir yil o’tdi. Politsiya mashinasida olib ketilayotgan qora tanli o’smirning o’limi 1960-yillardan beri ilk bor katta tartibsizliklarga sabab bo’ldi. O’smirning o’limida ayblanayotgan olti politsiyachi sudini kutmoqda.

O’tgan bir yilda shaharda qanday o’zgarishlar ro’y berdi?

2015-yil aprelida Baltimorda favqulodda holat e’lon qilingan edi. O’shanda, asosan, qora tanli yoshlar bir necha kun politsiya bilan olishib, 20 posbon jarohat olgan, 250 dan ziyod odam hibsga olinib, 350 ta firma binosi zarar ko’rgan edi.

Baltimor bir yil oldingi to'polonlardan hamon o'ziga kelmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:09 0:00

"Bu namoyish emas, so’z erkinligiga zarracha daxli yo’q. Bu jamoaga zarari tekkan jinoiy harakatlar edi. Jamoaning usiz ham muammolari oshib-toshib yotibdi", - deydi Baltimor politsiya boshqarmasining sobiq boshlig'i Entoni Betts.

"Dunyo uchun bir daqiqalik sukut. “Qora tanlilar ham odam” harakati uchun bir daqiqalik sukut. Ammo hammasidan ham bu harakatga sababchi bo’lgan yigitni xotirlashimiz kerak", - deydi namoyishchilardan biri to'planganlarga qarata.

25 yashar Freddi Grey avval yanglish hibsga olindi, so’ng politsiya mashinasida jon berdi. Natijada butun mamlakat Baltimordagi ijtimoiy va iqtisodiy muammolarga diqqat qaratdi.

"Xalq bu yerda azaldan hukm surayotgan qashshoqlikka qarshi, ishsizlikka qarshi, Baltimordagi irqchilikka qarshi bosh ko’tardi", - deydi jamoa faollaridan biri Derrik Cheyz.

"Mahallada zo’ravonliklar boshlangach, o’zimni qo’ygani joy topolmadim", - deydi 14 yashar Chelsi Gilmer.

U kunlar haligacha bu o'smirning esida. Ko’p narsa o’zgarmadi shu kungacha, deydi u.

"Yoshlarning fikrini inobatsiz qoldirmaslik kerak. Muammolarni hal qilish uchun hamma bir-biriga quloq solishi kerak", - deydi Chelsi.

Yoshlar psixologi Ronald Moten ular bilan isyon kunlarini muhokama qilmoqda.

"2015-yilda 365 qotillik ro’y bergan. Barchasi o’lgan", - deydi talabalardan biri.

"Bu haqda nima deb o’ylaysan?" - deb so'raydi Moten.

"Bu to’g’ri emas", - deydi student qiz.

Shahardagi qora tanli yoshlarning aksariyati kamsitilish hollaridan, ishsizlikdan, maktablarda ta’lim darajasining pastligidan, politsiyaning ularga bo’lgan ishonchsizligidan shikoyat qiladi.

Jared Jonson-Bey ijobiy o’zgarishlarni xohlaymiz, deydi.

"Jamiyatda barchaga teng muomalada bo’lishlarini istaymiz", - deydi baltimorlik bu odam.

"Isyonga salbiy holat sifatida qaramayman. Bu nafaqat odamlar hayotini yo’lga solib olishi uchun, balki jamiyat o’zgarishiga turtki bo’luvchi taraqqiyot mexanimzlarini yo’lga qo’yish uchun ham kerakli bir uchqun bo’ldi", - deydi faol Derrik Cheyz.

Ayrim baltimorliklarning aytishicha, o’zgarishlarning ijobiyligini o’lchash qiyin. Boshqalar esa shahar hayotini yaxshi tomonga o’zgartirishga intilish paydo bo’lganini aytadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG