Breaking News

400 mingga yaqin musulmon Bangladeshda jon saqlash ilinjida


Qo'shni Myanmadan oqib kelayotgan qochqinlarga yordam ko'rsatishga urinayotgan Bangladeshda insonparvarlik tashkilotlari moddiy jihatdan qiyin ahvolda. Myanmaning Rakxayn shtatidagi mojaroning oxiri ko’rinmayapti.

Bangladesh janubidagi rohinja musulmonlari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:20 0:00

Myanmadagi yana biq qishloqqa o’t tushdi. 400 mingga yaqin musulmon bu mamlakatdan Bangladesh janubi, Chitagong shtatiga o'tib, jon saqlash ilinjida. Lager to’lgan va yangi kelayotganlarga sharoit yaratishga imkon yo’q.

“Odam ko’p. Bizga jo’y yo’q. Qayerga borishni bilmaymiz. Ko’chada, yo’laklarda uxlayapmiz, azobda qoldik”, - deydi qochoqlardan biri, Nur Muhammad.

Yangi kelayotganlar o’rmonlarni tozalab o’zlariga biroz sharoit qilishmoqda. Bangladeshning janubiy chegarasida davlat rejalamagan aholi punkti paydo bo’lishi mumkin.

Bu joy haqidagi mish-mishlar tez tarqaldi. Yo’laklarda uxlab yurganlar panoh toparmikinmiz deya shoshib kelishyapti.

Insonparvarlik xizmatlari bor, lekin shuncha yo’l bosib kelayotganlar hayotini saqlab qolish uchun yetarli emas. Ahvol ayanchli.

“Uch kundan beri besh bolam bilan lagerdamiz. Egulik yo’q. Kichkinam ancha kasal. Lagerda tibbiy yordam ham, hech narsa yo’q. Bolamning sog’lig’i, hayotidan tashvishdaman”, - deydi yana bir qochoq, Ansar Begam.

Sanoqligina qochoqlar brezent palatkalari bilan ta’minlangan. Kelayotganlarga yordam berishga davlatning kuchi yetmayapti.

BMTga ko'ra, talabni qondirish uchun kamida 77 million dollar zarur.

Uchi Prank hududida ichimlik suvi uchun qochoqlar uzun navbatda turibdi. Soatlab kutib, suvsiz qolayotganlar ham bor.

“Biz, boshqa insonparvarlik tashkilotlari ham oziq-ovqat yetkazolmay qiynalyapmiz. Zudlik bilan yordam kerak”, - deydi Xalqaro qizil xoch qo’mitasidan Azmat Ulla.

Insonparvarlik yordamini ko’rsatish asosan Bangladeshning bo’yniga tushyapti. Qochoqlarning ehtiyojini qondirish uchun davlatning o’zi moddiy yordam kutmoqda.

Kuniga yuzlab bangladeshliklar birlashib oziq-ovqat, ichimlik suvi, kiyim-kechak tashimoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG