Breaking News

Bishkek va Kantda hukumatga qarshi namoyishlar


Bishkekda besh yillik surgundan so’ng mamlakatga qaytgan tadbirkor va siyosatchi Urmat Bariktabasov hibsga olingan.

Ichki ishlar vaziri Qubatbek Baybolovning ma’lum qilishicha, muxolifat rahbari, “Meken Tuu” partiyasi yetakchisi hokimiyatni qurolli kuch bilan ag’darishni rejalagan.

Bugun Bariktabasovning yuzlab tarafdorlari, Roza Otunbayeva va uning ma'muriyatini adolatsizlik, tuhmat va siyosiy bosimda ayblab, Bishkek markazida hamda Kant shahri yaqinida namoyishlar o’tkazgan.

Militsiya ularga qarshi ko’zni yoshlantiruvchi gaz va shovqin granatalarini ishlatgan.

Bariktabasov bir vaqtlar prezidentlikka nomzod bo’lgan edi.

U 2005 yilda hukumatni ag’darib, hokimiyatni qo’lga kiritishga hakarat qilganlikda ayblangan edi.

Aprel oyida Qurmanbek Bakiyev hokimiyatdan ketgach, Bariktabasov surgundan qaytib kelgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG