Breaking News

Yo'lovchi samolyot Belarusda qo'ndirilib, bir yo'lovchi hibsga olindi


Arxiv surat. Roman Protasevichning 2017-yilda Minskda hibgsa olinishi
Arxiv surat. Roman Protasevichning 2017-yilda Minskda hibgsa olinishi

AQSh va Yevropa hukumatlari 23-may kuni Belarus hukumatining o’z havo sarhadlari uzra xalqaro yo’nalish bo’yicha ketayotgan yo’lovchi samolyotni qo’ndirib, yo’lovchilardan birini hibsga olganini tanqid qilmoqda.

Xalqaro hayot - 24-may, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:25 0:00

26 yashar Roman Protasevich Gretsiyadan Litvaga uchib ketayotganida belaruslik dispetcherlar samolyotda bomba borligini uchuvchilarga ma’lum qilib, uni qo’ndirishga muvaffaq bo’ldi, so’ng xavfsizlik xodimlari samolyotga kirib, Polshaga chiqib ketishga majbur bo’lgan muxolifatchi blogerni hibsga oldi.

AQSh va Yevropa Belarusning bunday harakatini davlat terrorizmi deb atab, Protasevichni zudlik bilan ozod etishni talab qildi.

Faol Belarusda terrorga aloqadorlikda hamda o’tgan yili Minskda hukumatga qarshi namoyishlarni qo’zg’atganlikda ayblanmoqda. Protesevich Polshadan turib, Telegramdagi “Nexta” va “Nexta Live” kanallariga muharrirlik qilgan.

Litva Prezidenti Gitanas Nauseda Belarusni jazolashga chaqirdi.

“Muxolifatga qarshi bu kabi hujumlar oxirgi paytda odatiy holga aylangan. Yevropa Kengashi majlisida bu masalani ko’taramiz. Bu rejim bilan bayonotlar orqali muloqot qilishni to’xtatish vaqti keldi. Belarus rejimi xulqini o’zgartirishga yetaklovchi konkret choralar ko’rish kerak”, - dedi u.

Inson huquqlari guruhlariga ko’ra, Aleksandr Lukashenko hukumati o’tgan yil avgustidan beri 35 mingga yaqin odamni hibsga olib, mingdan ortiq jinoiy ish ochdi.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Protasevichning bunday usul bilan hibsga olinganini qoralar ekan, Belarus hukumati yo’lovchi samolyotni qo’ndirish uchun harbiy samolyotlarni havoga ko’tarib, 120 dan ortiq yo’lovchi hayotini xavf ostiga qo’yganini aytdi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Mariya Zaxarova G’arbning bu voqeaga tanqidiy munosabatini ikkiyuzlamachilik deb atadi. Unga ko’ra, 2013-yilda Boliviya prezidentining samolyotida Edvard Snouden ketayotgani taxmin qilinib, AQSh talabiga ko’ra samolyot Avstriyada qo’ndirilgan edi.

"O’sha voqeadan shokka tushmagan G’arb davlatlari hozir ham shokka tushmasligi kerak”, - dedi Zaxarova.

Vilnyusga uchayotgan samolyotning majburan qo’ndirilishi yuzasidan Litvada jinoiy tergov qo’zg’atildi.

Litva rahbariga ko’ra, agar Protasevich ozod etilmasa, Belarus havo sarhadi fuqarolik aviatsiyasi uchun xavfli deb e’lon qilinishi, Belarusning “Belavia” kompaniyasi esa Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo davlatlar aeroportlarida qo’nish imkoniyatidan mahrum etilishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG