Breaking News

Amerika, Yevropa Belarusga qo'yilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi


Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni Amerika bir paytlar "Yevropaning oxirgi diktatori" deya ta'riflagan edi.
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni Amerika bir paytlar "Yevropaning oxirgi diktatori" deya ta'riflagan edi.

Amerika va Yevropa Ittifoqi Belarusga qo'yilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi. Minsk qamoqdagi siyosiy mahbuslarni qo'yib yuborgach, G'arb shu tariqa javob qilmoqda.

Davlat departamenti matbuot kotibi Jon Kirbining aytishicha, bu qaror Belarus iqtisodiyoti uchun kengroq imkoniyatlarni ochib beradi.

Biroq, deydi Kirbi, Amerika Belarusni inson huquqlari va demokratiya sohalarida ko'proq ishlar qilishga da'vat etadi.

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni Amerika bir paytlar "Yevropaning oxirgi diktatori" deya ta'riflagan edi. Lekin oxirgi damlarda rasmiy Minsk G'arb bilan aloqalarni yaxshilashga harakat qilayapti. Xususan, Belarus hukumati Rossiya qo'llab-quvvatlovini olgan isyonchilar va Ukraina o'rtasida vositachilik qildi.

Tahlilchilarning aytishicha, Yevropa va Amerika Rossiyaning tobora agressiv harakatlari fonida Belarusni yakkalash emas, balki sherik qilib olish siyosatini olg'a surmoqda. G'arb bu bilan mintaqada ittifoq orttirmoqchi. 21 yildan beri Belarusni boshqarayotgan Lukashenko ham Amerika va Yevropa Ittifoqi bilan orani yaxshilashga xayrixoh.

Mamlakatni 21 yildan beri boshqarayotgan Lukashenko G'arb bilan orani yaxshilashga xayrixoh.
Mamlakatni 21 yildan beri boshqarayotgan Lukashenko G'arb bilan orani yaxshilashga xayrixoh.

Joriy yil Belarusda o'tgan saylovlarda Lukashenko beshinchi bor saylandi.
Joriy yil Belarusda o'tgan saylovlarda Lukashenko beshinchi bor saylandi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG