Breaking News

Bayden 100 kunlik faoliyati haqida Kongressga hisobot beradi


AQSh Prezidenti Jo Bayden shu hafta Kongressning har ikki palatasi qonunchilari oldida so’zlab, prezidentligining ilk 100 kuni bo’yicha hisobot beradi. So’nggi ijtimoiy so’rov natijalariga ko’ra, amerikaliklarning 52 foizi Bayden faoliyatini qoniqarli baholamoqda. Trampning Oq uydagi ilk 100 kunini elektoratning 42 foizi ma’qullagan edi.

Xalqaro hayot – 26-aprel, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:51 0:00

Baydenning shu davr mobaynidagi reytingi Trampnikidan yuqoriroq bo’lsa-da, yaqin o’tmishdagi ko’plab boshqa prezidentlar reytingidan past ekani aytilmoqda.

Davlat rahbari o’z chiqishida kelajak rejalar haqida ham gapirishi kutilmoqda. Ulardan biri politsiya islohotiga doir bo’lib, qonun loyihasi Minneapolis shahrida politsiyachi qo’lida o’lgan qora tanli Jorj Floyd nomi bilan ataladi.

Qotillikda ayblangan politsiyachi o’tgan hafta sudda aybdor deb topildi. Vakillar palatasida ma’qullangan qonun loyihasi endi Senatda ovozga qo’yiladi.

“Bayden politsiya islohoti mavzusini ko’tarib, bu borada nima qilish kerakligi haqida gapiradi degan umiddaman. Bu esa biz qonunchilarni ruhlantirib, ishni oxirigacha yetkazishimizga yordam beradi”, - deydi demokrat kongressmen ayol Karen Bass.

Biroq yetakchi respublikachilar Baydendan immigratsiya tizimidagi muammolar va AQSh-Meksika chegarasidagi vaziyatga doir fikrlarini eshitishni istaydi. So’nggi ijtimoiy so’rovda so’ralganlarning 53 foiziga ko’ra, ular Baydenning bu boradagi siyosatidan norozi.

“Chegarani xavfsiz qilish kerak. Mamlakatimiz bizga o’xshab Amerika orzusida yashamoqchi bo’lgan odamlar qonuniy yo’llar bilan kiradigan zamin bo’lishi kerak”, - deydi respublikachi senator Rik Skot.

Bayden ma’muriyati Markaziy Amerika mamlakatlaridagi iqtisodiy vaziyatni yaxshilash orqali migrantlar oqimini to’xtatishga umid qilmoqda. Ushbu vazifa Vitse-prezident Kamala Harrisga yuklangan va u iyun oyida mintaqaga borishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG