Breaking News

AQSh ASEAN bilan hamkorlikni jonlantirmoqda


Prezident Bayden ASEANning virtual majlisi paytida
Prezident Bayden ASEANning virtual majlisi paytida

Qo’shma Shtatlar Janubiy Osiyo davlatlari uyushmasi yoki ASEAN tashkilotining virtual sammitida unga a’zo 10 mamlakat bilan strategik hamkorlikni kengaytirishga 102 million dollar ajratishini ma’lum qildi.

Xalqaro hayot – 27-oktabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:20 0:00

AQSh ASEANga a’zo bo’lmasa-da, u bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Pulning 40 millioni COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashga va tashkilotning bo’lajak pandemiyalarni aniqlash va oldini olish salohiyatini kuchaytirishga sarflanadi.

“ASEAN Hind-Tinch okeani mintaqasi arxitekturasi uchun muhimdir. AQSh tashkilotning markaziy rolini qo’llab-quvvatlashda davom etadi. Bu umumiy mintaqamiz barqarorligi, farovonligi va xavfsizligini ta’minlashning asosiy omilidir", - dedi AQSh Prezidenti Jo Bayden.

Amerikaning oldingi prezidenti Donald Tramp ASEAN sammitida 2017-yilda qatnashgan, xolos, keyingi tadbirlarni o’tkazib yuborgan.

Iqtisodiy jihatdan jonli blok Xitoy qudratiga qarshi turishda muhim hisoblanadi. AQSh-ASEAN biznes kengashi Amerikaning guruh bilan muloqotga qaytganini olqishladi.

“2030-yilga borib bu dunyodagi eng yirik mintaqaviy iqtisodiyotlardan biri bo’ladi. AQShning 21 shtati Janubi-sharqiy Osiyoning 10 mamlakatiga har yili 1 milliard dollardan oshiq mahsulotni eksport qiladi”, - deydi kengash vitse-prezidenti Mark Mili.

AQSh tashkilotni Xitoy harbiy rejalaridan himoya qilish kafolatini olgan, biroq mintaqa bilan savdo aloqalariga kelganda Vashington Pekindan ortda qolgan.

ASEAN Xitoyning eng yirik savdo hamkori bo’lib, har ikkisi “Keng qamrovli mintaqaviy iqtisodiy sheriklik” haqidagi erkin savdo bitimiga kirgan. AQSh unda yo’q.

Qo’shma Shtatlar 2016-yilda sobiq prezident Barak Obama tashabbusi bilan yirik iqtisodiy savdo bitimiga qo’shilgan edi, biroq Tramp 2017-yilda uni tark etgan.

“Mintaqada xoh savdo bo’lsin, xoh iqlim masalasi, AQSh tashabbusni boshlaydiyu, lekin keyin qochib qoladi. Yaponiya va ASEAN mamlakatlari esa tashabbusni davom ettiradi, AQSh, nazarimda, bundan zarar ko’radi”, - deydi Vashingtondagi Uilson markazi tahlilchisi Prashantx Paramesvaran.

AQSh-Xitoy raqobati kuchayayotgan bir paytda ASEAN davlatlari har ikki mamlakat bilan hamkorlikka urg’u bersa-da, dengizda harakatlanish erkinligi muhimligini ham ta’kidlab keladi.

ASEAN Myanmada davlat to’ntarishini qoralab, harbiy xuntani guruhdan haydagach, Myanma bu yilgi sammitda qatnashmadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG