Breaking News

AQShda emlanganlarga uchinchi dozani taklif etish qarori tanqid ostida


AQShda aholining yarmidan ko’pi shu kunga qadar koronavirusdan to’liq emlanganiga qaramay, Bayden ma’muriyati ikkinchi vaksinadan 8 oy o’tgach, qo’shimcha vaksina – “buster” taklif etilishi haqida ma’lum qildi.

Xalqaro hayot – 19-avgust, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:24 0:00

"Ikkinchi vaksinadan 8 oy o’tganidan keyin yana bir dozani oling. Busterlar tekin. Mamlakat bo’ylab taxminan 80 ming vaksinatsiya markazlarining birida olishingiz mumkin bo’ladi”, - dedi Prezident Bayden.

Yetakchi olimlar vaksinalar koronavirusning hatto eng yuqumli delta shtammiga qarshi samarali ekanini aytib keladi.

“So’nggi raqamlar vaksina berayotgan himoya COVIDning eng yomon turlariga qarshi ham barqaror ekanini ko’rsatayotgan bo’lsa-da, so’nggi paytlarda virusni yuqtirish holatlarining ko’payayotganidan tashvishdamiz. Bu holat yana bir necha oy davom etadi va infeksiya, kasalxona va o’limdan himoyani susaytirishi mumkin”, - deydi AQSh Bosh xirurgi Vivek Murti.

Sog’liqni saqlash sohasi mutaxassislari dunyoda vaksinaning hanuz birinchi dozasini ololmayotgan odamlarga ishora qilgan holda AQShda aholiga qo’shimcha doza taklif etish qarorini tanqid qilmoqda.

“Hukumatning AQShda aholiga busterni taklif etish qarori dunyoda muhtojlar va o’ziga to’qlar o’rtasidagi tafovutni yanada kuchaytiradi. Gap badavlat mamlakatlar sha’niga tushayotgan ma’naviy dog’da emas. Bu qaror pandemiyaning barchamiz uchun yanada cho’zilishiga olib keladi”, - deydi keskin qashshoqlik va yuqumli kasalliklarga qarshi kurashuvchi xalqaro tashkilot vakili Jenni Ottenxof.

Bayden bunday tanqidlarga Qo’shma Shtatlar ko’p mamlakatga millionlab vaksina xayriya qildi deb javob berdi.

“Boshqa mamlakatlarda aholi vaksinaning birinchi dozasini olmaguncha Amerika uchinchi dozani taklif etmasligi kerak deydigan dunyo rahbarlari borligini bilaman. Ammo men bunday fikrga qo’shilmayman. Biz bir paytning o’zida ham Amerikaga, ham dunyoga yordam berish salohiyatiga egamiz. Iyun va iyul oylarida Amerikada 50 million doza berildi. Xuddi hu paytda boshqa mamlakatlarga 100 million doza xayriya qildik”, - dedi Bayden.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti dunyoda yetarlicha odam emlanmaguncha buster dozalar haqida og’iz ochmaslikni tayinlagan. Vashington so’nggi qarori bilan tashkilot e’lon qilgan moratoriyni pisand qilmayotgan ko’rinadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG