Breaking News

Bayden yonilg'i uchun federal soliqni bekor qilishga chaqirmoqda


Los-Anjeles, 9-mart, 2022
Los-Anjeles, 9-mart, 2022

AQSh rahbari Jo Bayden Kongressni yonilg'i uchun federal soliqni bekor qilishga undamoqda. Oq uy nazarida, aholi narxlar yuqori ekanidan qattiq aziyat chekmoqda.

Bayden deydiki, bu yilning oktabr oyigacha hozirgi soliqni, ya'ni har gallonga 18,4 sent qo'yishni olib tashlash bilan hukumat iqtisodiy ravnaq yo'lida katta qadam tashlagan boladi. Amerikada transport yonilg'isi gallonda o'lchanadi. 1 gallon 3,8 litrga teng.

“Prezident Bayden bu chora bilan narxlar batamom tushadi deb hisoblamaydi. Lekin davlat rahbari ishonadiki, Amerika oilalarining turmushi sal bo'lsa ham osonlashadi. Kongress hozir nimaiki chora ko'ra olsa, ko'rishi lozim", - deya bildiradi Oq uy.

Yonilg'i uchun olingan soliq AQShda yo'llarni tuzatish va yangilarini qurishga sarflanadi.

Oq uyga ko'ra, qariyb 10 milliard dollarlik bu mablag' vaqtincha boshqa manbalardan olinishi mumkin.

Amerika bo'ylab hozir 1 gallon yonilg'i o'rtacha 5 dollar. Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan beri uning bahosi ham, unga talab ham oshganda oshgan.

Rossiyaga qo'yilgan sanksiyalar, xususan neft ishlab chiqaruvchilarga nisbatan taqiqlar asosiy sabab sifatida ko'rsatiladi.

Oq uy sanksiyalarni tanishtirganda bu borada ogohlantirgan va Amerika xalqidan toqatli va bardam bo'lishni so'ragan. Prezident Bayden amerikaliklar qiynalayotganini ko'rib turganini tan oladi.

"Shu bois ham turli choralar ustida bosh qotirayapmiz va federal soliqni bekor qilish ulardan biri", - deydi u.

Lekin bu taklifga qarshilar ham talay. Muxolifat va hatto ayrim demokratlar, prezidentning partiyadoshlariga ko'ra, soliqni olib tashlash ta'minot bilan bog'liq muammolarni hal etilmaydi, vaholanki, yechim ta'minotni kengayritishda.

Soliq davlatning xarajatlarini qoplash uchun zarur, deydi tanqidchilar, bir tomondan olsangiz, boshqa tomonlar ham zarar ko'radi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG