Breaking News

Bayden Tramp ma'muriyati o'tish jarayonida yordam bermayotganidan noliyapti


Shu hafta tibbiy xizmatchilar bilan virtual shaklda muloqot qilgan Jo Bayden Tramp ma’muriyatining koronavirusga qarshi siyosatini tanqid qildi. Unga ko’ra, Donald Tramp saylovdagi mag’lubiyatini tan olmasdan Bayden jamoasi bilan pandemiya haqida ma’lumot ulashishdan bosh tortmoqda.

Xalqaro hayot - 20-noyabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:22 0:00

“Ko’p narsalardan bexabarmiz. Bunday vaziyatda bergan katta va’damizga aloqador tashabbusni ishga tushirishga haftalab, oylab kechikishimiz mumkin. Ayniqsa ikkita farmatsevtik kompaniyaning koronavirusga qarshi vaksinasi samaradorligi 95 foiz deb topilgan bir paytda”, - deydi Bayden.

Pandemiya bilan har kuni olishayotgan mutaxassislar bo’lajak prezidentga o’z ishlari haqida ma’lumot berishdi. Bayden Tramp ma’muriyati uning jamoasiga o’tish jarayonida yordam bermasa, ko’proq amerikaliklar virusdan o’lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

“Moderna” va “Pfayzer” kompaniyalari ishlab chiqarayotgan vaksinalarning sinov davrida samarasi yuqori baholanar ekan, Tramp ma’muriyati bu muvaffaqiyatlarga sherik ekanini aytadi.

“Oziq-ovqat va dori-darmon boshqarmasi bu ikki vaksinani tasdiqlashi bilan dekabr oxirigacha 40 million doza ishlab chiqarilishiga umid qilyapmiz. Bu tibbiy yordamga o’ta muhtoj 20 million amerikalikni emlashga yetadi”, - deydi AQSh Sog’liqni saqlash vaziri Aleks Azar.

Mana shunday ijobiy xabarlarga qaramay, deydi ayrim mutaxassislar, Bayden ma’muriyati qator qiyinchiliklar bilan yuzlashadi.

“Vaksina yaratilishi haqidagi xabardan xursand odamlarni ijtimoiy salomatlikka doir qoidalarga amal qilishga undash oson bo’lmaydi. Vaksina tayyorlanib, tarqatilib, kattaroq omma emlanishiga bir necha oy ketishi mumkin”, - deydi Chikago universitetidan Ketrin Beyker.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG